Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

18.10.2016. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.U.Atamuratov tomonidan «Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi» fakultetida hamda "Mashinasozlik texnologiyalari" fakultetida murabbiylar bilan uchrashuv o'tkazildi.

 

18.10.2016. Toshkent davlat texnika universiteti "Ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi, "Ibn Sino salomatlik markazi" maskani va "Respublika Aholi reproduktiv salomatligi Markazi" hamkorligida universitetning "Geologiya va konchilik ishi" fakulteti zalida talaba - yoshlar bilan "Sog'lom ona - sog'lom bola" davlat dasturi ijrosi bo'yicha "Yod tanqisligi va uning oldini olish chora tadbirlari. Bo'qoq va uning yosh organizmga bo'lgan salbiy ta'siri" mavzusida tadbir o'tkazildi.

 

13.10.2016. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi hamda Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vakillari bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida talaba-yoshlari o'rtasida Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Kompyuter texnologiyalari» akademik litseyi majlislar zalida "Giyohvandlik moddasi va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

 

13.10.2016. 2016 yil 10 oktyabrdan 2016 yil 16 oktyabrga qadar "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimiyati, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorligida "Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli talabalar turar joylarida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish va ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda”gi tadbirlar rejasiga muvofiq tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

 

2016 yil 11 oktyabr kuni soat 12:00da universitet rektori Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashdilar.

 

10.10.2016. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti barcha fakultetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar orasida erishilgan yutuqlar hamda muammo va yechimlari bo'yicha yaqindan suhbatlashish maqsadida universitet rektorining talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazishi rejalashtirildi.

 

Sahifa 6 dan 8

<< Boshiga < Oldingi 1 2 3 4 5 6 7 8 Keyingi > Oxiriga >>

Prezident asarlari

Foydali resurslar

  


 


 


 



 



  


Biz bilan bog'lanish

Manzil: 100095, Toshkent sh.,
Universitet ko'chasi 2
Yo'nalish xaritasi
Rektor qabulxonasi:
(8371) 246-46-00
E-mail: tstu_info@tdtu.uz