Друк

Murojaatlarni ko'rib chiqish

HURMATLI FUQAROLAR!

 

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy va yuridik shaxslar) Toshkent davlat texnika universitetiga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan holda va yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bilan bepul murojaat etishlari mumkin.

Toshkent davlat texnika universitetiga yuboriladigan elektron murojaatlarning qabul qilinishi va ko‘rib chiqilish tartibi bilan diqqat bilan tanishishingizni so‘raymiz.

Toshkent davlat texnika universitetining rasmiy (www.tdtu.uz) veb-saytiga yuborilgan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi quyidagi reglamentga asoslangan.

 

Reglament bilan tanishish.

Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.

 

 Murojaat yuborish