Друк

23.12.2016. Toshkent davlat texnika universitetida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatning boshlang’ich tashkiloti kengashi a`zolari, fakultet sardorlari, kurs sardorlari hamda barcha

yo’nalish sardorlari uchun O’QUV ANJUMAN tashkil etildi.

O’quv anjumanini o’tkazishdan maqsad universitetda "Kamolot" YoIH boshlang’ich tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda mustaqil fikrlaydigan, o’zining hayotiy pozitsiyasi va qat`iy maqsadigaga ega, jamiyatda munosib o’rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo’lishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, ularning siyosiy-huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida o’tkazildi. Ushbu anjuman ishtirokchilarga Respublika "Kamolot" YoIH va "Yetakchi" o’quv markazidan taklif etilgan mutahasislari tomonidan "Vaqtni bosharish", "Faollik nima?", "Mustaqil fikrlash" kabi mavzularda darslar o’tildi va darslar so’ngida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.