Друк

20.12.2016. Temuriylar tarixi davlat muzeyiga universitetimiz iqtidorli talaba-yoshlarining sayohati uyushtirildi.

 

 

Muzeylar yoshlarni tarix, ilm-fan yodgorliklari, xalqimizning turmush tarzi va an’analari, san’at asarlari bilan tanishtirish va ularda o`zi tug`ilib o`sgan Vatanga sadoqat tuyg`usini shakllantirishda alohida o`rin tutadi. Prezidentimiz rahnamoligida har bir o`g`il-qizga alohida mehr-e’tibor ko`rsatish, ularning ta`lim olishi, kasb-hunar egallashi, jamiyatga faol integratsiyalashishiga ko`maklashish jarayonida yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirishga, ularda ajdodlar merosi bilan faxrlanish tuyg`usini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

 

Xalqimizning ulkan bunyodkorlik salohiyati, boy tarix va ma’naviy merosini o`zida mujassam etgan mazkur muzey unversitet talaba-yoshlarida katta tassurot qoldirdi.

 

-          Tarix darslarida Amir Temur shaxsi, u barpo etgan qudratli davlat, muhtasham binolar haqida o`qiganman, -deydi universitet talabasi Javlon Safoev.

– Bugun muzeyga kelib, Temuriylar davri tarixi, madaniyati, san’atiga oid noyob eksponatlar bilan tanishdik. Bu yerdagi nodir buyumlar, ayollar va erkaklar liboslari kitoblar va boshqa eksponatlarni ko`rib, ajdodlarimiz o`tmishi va turmush tarzi haqida ma’lumotlarga ega bo`ldik.

Bunday moziyga sayohatlar talabalar qalbida Vatanga muhabbat va milliy g`urur tuyg`usini yuksaltirish, buyuk bobolarimizni merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga asl holicha yetishini ta’minlashda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.