Axborot texnologiyalari markazi

 

Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i

Safarov Jasur Esirgapovich

Telefon: (8371) 227-16-48

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

 

 

 

Markazning asosiy faoliyati

 

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 23.05.2001 yilgi qarorini amalga oshirish maqsadida Universitet rektorining buyrug’iga asosan “Axborot texnologiyalar markazi” tashkil etildi.

  Markaz xo‘jalik subyektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va TDTU Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

  Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va TDTU Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

  Axborot texnologiyalar markazining (ATM) tasarrufida ma’muriy-boshqaruv, dasturiy va texnik qo’llab quvvatlash, veb-sayt, ZiyoNet, Unisys, moddiy-texnik bo’lim va kompyuter sinflari faoliyat olib boradi. Markazning  asosiy vazifasi universitet o’quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot–kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo’yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper