Axborot resurs markazi

 

 

Markaz boshlig'i:  Otaxanova Lola Maxmudovna

Qabul vaqti: 8.00  dan 18.00  gacha.

Telefon: (8 371) 246-03-41

 

 

 

 

 

 

 

 

 Toshkent Davlat Texnika Universiteti bosh kutubxonasi (BK) 1929-yili tashkil topgan.

Bugungi kunda kutubxona O’zbekiston Respublikasidagi yirik kutubxonalardan biri hisoblanadi.

  Kutubxona 2007- yildan boshlab, yangi maqom  – Axborotresursmarkazi (ARM) nomi bilan atalmoqda. ARM kitobxonlarga an’anaviy usulda xizmat ko’rsatish barobarida, yangi usuldagi axborot texnologiyalaridan ham samarali foydalanishni yo’lga qo’yib kelmoqda.

  Universitetda Axborot- kutubxona xizmati, Bosh ARM va fakultetlardagi tarmoq ARM vositasida amalga oshirib kelinmoqda.

ARM asosiy nashr zahirasi mln. nusxadan ko’p birlikni tashkil qiladi. ARM o’z ichiga davlat tilidagi, rus tilidagi va jahon tillaridagi darslik, ilmiy va badiiy adabiyotlarining turlarini qamrab olgan. Ayniqsa, MDH davlatlari va respublika davriy matbuoti nashrlarining nusxalariga talab katta. Shuningdek, ARM zahirasining kattagina qismini ToshPI va TDTU himoya qilingan avtoreferatlar va dissertatsiyalar hamda universitet olimlarining ilmiy ishlari qo’lyozmalari va to’plamlari tashkil etadi. ARM zahirasidan bibliografiyaga oid ma’lumotlarning noyob nusxalari ham o’rin olgan.

         ARM zahirasining kattagina qismini egallagan elektron kitoblar, elektron qiroatxona serveridagi ma’ruza matnlari elektron tashuvchilar guruhini tashkil qiladi.

         ARM barcha xizmat ko’rsatish shahobchalaridan TDTU bakalavrlari, magistrlar, professor- o’qituvchilari, shuningdek, turdosh oliy o’quv yurtlarining mutaxassislari hamda ilmiy tashkilotlarning vakillari samarali foydalanadilar. Bugungi kunda ARM o’zining keng qamrovli, boy resursi hisobiga, nafaqat Toshkent shahri hududidagi, balki Respublikadagi turli toifa foydalanuvchilariga ham namunali xizmat ko’rsatib kelmoqda.

         ARM faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. ARM mahalliy tarmog’i orqali INTERNETga chiqish yo’lga qo’yilgan.

         Universitet hududida KORPORATIV tarmoqqa kiruvchi tizimlarda iste’molchilarni o’z ish o’rinlarida qolib bevosita elektron katalog xizmatlaridan foydalanishlari yo’lga qo’yilgan.

         Universitet hududida KORPORATIV tarmoqqa kiruvchi tizimlarda iste’molchilarni o’z ish o’rinlarida qolib bevosita elektron xizmatlaridan foydalanishlari yo’lga qo’yilgan. Bu tizim ARM “IRBIS” dasturi va “ARMAT- U” milliy dasturi bilan ARM- KATALOGIZATOR, JAMLASH, KITOBXON va tarmoq ADMINISTRATOR ko’rinishiga ega.

         Barcha tarmoq ARM markazlashgan yagona EK orqali INTERNET ga ulangan bo’lib, u tezkor usulda adabiyotlar qidirishga imkon yaratuvchi kompyuter bilan jihozlangan.

         Hozirgi kunda axborot resurslari orasida EK xizmatiga talab ortib bormoqda. Demak, ARM xodimlari zimmasiga EK o’zlashtirish bilan birga, Ma’lumotlar Bazasini – MB yaratish ham kiradi. Jumladan, ular quyidagi vazifalarni bajarishga majburdirlar.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va farmonlari

Dissertatsiyalar va avtoreferatlarning- MB

O’zbekiston va chet el oily ta’limining – MB

Magistrlik dissertatsiyalarining- MB

O’zbekiston iqtisodining- MB

TDTU o’qituvchilari bajargan ilmiy ishlarining- MB

Shuningdek, INTERNET yordamida mavzuli, faktografik ma’lumotnomalar ham tayyorlanadi.

ARM o’z faoliyatida axborot yetkazishni turli shakllaridan foydalanadi. Jumladan, har oyda muntazam ravishda tashkil qilinadigan “Yangi adabiyotlarning ochiq ko’rigi kunlari” hamda mavzuli ko’rgazmalarga qo’yilgan ekspozisiyalar yordamida adabiyotlarni targ’ib qilishni yangicha tavsiya usullari v. b.

Oliy ta’lim  Bosh ARM tuzilishi

Zahirani jamlash va hisobga olish bo’limi

Bo’lim ARM zahirasini shakllantirish, foydalanuvchilarni axborotlar yuzasidan talablarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keng qamrovli  kitoblar dunyosidan eng zarurlarini ajratib, ularni muomalaga kiritish uchun harakat qiladi.

ARM umumiy zahirasi bosma nashrlar, noan’anaviy axborot resursini tashuvchilari hisobiga muntazam ravishda to’ldirib boriladi.

Bo’limning ishi “IRBIS” dasturiga asosan, ARM- KOMPLEKTATOR xizmatiga ko’ra olib boriladi.

ARM davriy nashrlarni o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda Ma’lumotlar bazasi ARM kelayotgan gazeta va jurnallarning manbalari bilan yaratiladi.

Axborot resurslariga ilmiy ishlov berish bo’limi

Mazkur bo’imni ish faoliyati asosan markazlashtirilgan usulda yuritiladi. U ARM kelayotgan axborot resurslariga ilmiy va texnikaviy ishlov berish, ularni yagona kataloglar tizimiga kiritish bilan shug’ullanadi.

Ilmiy adabiyotlar abonementi bo’limi

Bu ilmiy abonement bo’limida darsliklar, o’quv- usubiy qo’llanmalar, lug’atlar, ma’lumotnomalar, ilmiy adabiyotlardan iborat ko’p tarmoqli zahira jamlangan.

Badiiy adabiyotlar zahirasi Vatan va chet el badiiy nashrlari, madaniyat va san’atga oid kitoblarni salmoqli nusxalarini o’z ichiga olgan.

 

O’quv adabiyotlari bo’limi

Bo’limda asosan, o’quv jarayonlarida tavsiya etilayotgan darsliklar, o’quv- uslubiy qo’llanmalar, amaliyot ishlari va ma’ruzalar matnlari jamlangan.

Axborot- bibliografiya bo’limi

Bo'limni asosiy vazifalariga:

Oliygoh bakalavrlari, magistrlari, professor- o’qituvchilarni axborotlarga bo’lgan talablarini o’rganish kiradi. Foydalanuvchilarni talablarini qondirish maqsadida, zahira imkoniyatlari hisobga olinadi. Shuningdek, axborot- qidiruv tizimida qayd etilgan ma’lumotlarga ko’ra, yechim beriladi. Eng asosiysi, bakalavrlar, magistrlar va bakalavrlarni axborot- bibliografiya bo’yicha ko’nikmalarini to’g’ri shakllantirish talab qilinadi.

Bo'limni xizmat doirasiga quyidagi vazifalarni bajarib boorish kiradi:

Internet xizmatidan foydalanib, ma’lumotlarni (faktografik, mavzuli, manzilli) mjmuini yaratish;

Mavzuli axborotlarni tayyorlash;

Referat, kurs ishi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyalari bo’yicha yordam ko’rsatish;

EK axborot qidirishda, elektron ma’lumotlar bazasini yaratishda va internetga kirishda foydalanuvchilarni maqsad sari to’g’ri yo’naltirish;

ARM foydalanuvchilari e’tiboriga dunyo kutubxonachilik server manzillarining ro’yxatini taqdim etish;

Bibliografiyaga oid ma'lumotlarni turlari xilma- xildir. U o’z ichiga o’quv jarayonida kerakli hisoblangan axborotlarni tavsiya ro'yxatlarini, bibliografik ko’rsatkichlarini, yozma ma’lumotlarni va sharhlar turkumini oladi. Bo'lim faoliyatida an’anaviy va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida sifatli axborot xizmatini ko’rsatib, xizmat ko’rsatkichlarini ko’tarish muhim ish hisoblanadi. Shu asosda, bo'lim axborot xizmati turlarini ko’payishiga erishmoqda.

 

ARM qiroatxonalari

ARM iste’molchilarni o’quv va ilmiy faoliyatlarini to’laqonli yuritib, imkoniyatlardan samarali foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Hozirda talabalar uchun maxsus qiroatxona, professor- o’qituvchilar tarkibi uchun alohida qiroatxona ishlab turibdi. Shuningdek, boshqa toifa iste’molchilariga mo'ljallangan maxsus qiroatxonalar tashkil etilgan.

ARM tarkibida ixtisoslashtirilgan qiroatxonalar tashkil qilingan.

Davriy nashrlar qiroatxonasi

Qiroatxona zahirasining asosini Respublika va MDH davlatlarining gazeta va jurnallari tashkil qiladi. Bu davriy nashrlarning nusxalari asosida, eng dolzarb mavzular bo’yicha maxsus jildlar yaratiladi.

EK qiroatxonasi

Bo'limda barcha foydalanuvchilarga turli axborot tashuvchilar vositasida internet xizmatidan ochiq, bepul foydalanish yo’lga qo'yilgan. Qiroatxona serverida TDTU o’qituvchilari tomonidan yararilgan darslik, uslubiy qo’llanmalarning to’liq matnlari jamlangan.

Ma’naviyat- ma’rifat bo’limi

Bo'lim faoliyatining asosini, Vatanimizga sodiq yosh, barkamol avlodni tarbiyasi tashkil qiladi. Bu o'rinda mas'uliyat dolzarb mavzularda ko’rgazmalarni ommabop qilib tayyorlash va o’tkazishga qaratiladi.

Fakultetlardagi tarmoq ARM

Bu yo'nalishda ARM asosiy maqsadi- sohaviy axborotlar tizimini iste’molchilarning talablari darajasida amalga oshirishdan iborat.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper