Muhandislik tizimlari


 

FAKULTET MA'MURIYATI:

Fakulteti dekani:

 

Xaltursunov Erkin Berkinbayevich, texnika fanlari nomzodi

Telefon: (8 371) 246-04-57

e-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

 

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovuni

                                                

 

Avlaev Do’stali Yusupovich

Telefon: (8 371) 246-04-57

 

 

 

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovuni

       

 

 

Xoshimov Abdurasul Mavlyanovich

Telefon: (8 371) 246-04-57  

 

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini

 

Yuldoshev Sobir Fayzullaevich

Telefon: (8 371) 246-08-75

 

 

 

 

Fakultet kafedralari:

Ishlab chikarish jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish

Intellektual muhandislik tizimlari

Mexatronika va robot texnika

Аeronavigatsiya tizimlari

Sanoat dizayni

Chizma geometriya va Kompyuter grafikasi

Fakultetning bakalavriatura yo'nalishlari:

5150900 – Sanoat dizayni (turlari bo’yicha)

5231900 – Korporativ boshqaruv

5620200 – Havodagi harakatni boshqarish

5311000 – Ishlab chiqarish jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)

5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)

5312600 – Mexatronika va robot texnika

5312700 – Intellektual muhandislik tizimlari

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

5А150901 – Sanoat dizayni (turlari bo’yicha)

5A620201 – Havodagi harakatni boshqarish va aeronavigatsiya

5А310902 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (sohalar bo’yicha) 

5А311001 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo’yicha)

5A312601 – Mexatronika va robot texnika

5А312701 – Intellektual muhandislik tizimlari

F a k u l  t e t   t a r i x i

 O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillari oxiriga kelib elektronika va kibernetika tarmoqlarining jadallik bilan rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyot xalq xo‘jaligining turli sohalariga kirib borishi, elektronika sohasida yangi ochilayotgan ishlab chiqarish korxonalari sonining ortib borishi bu sohalar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash muammosini keltirib chiqardi. Bu dolzarb muammoni hal qilish maqsadida Toshkent politexnika instituti tarkibida 1962 yili «Muxandislik-fizika» fakulteti tashkil qilindi. Fakultet va uning tarkibidagi kafedralarning tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademiklari: U.O.Oripov, S.V. Starodubsev, M.Z.Xamudxonov, V.Q.Qobulov, M.S. Saidov, G.R.Raximov, E.I.Adirovich va birinchi dekan B.U.Umarovlar bo‘ldilar.

     02.05.2016 y. № 2524 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan muhandislik tizimlari fakulteti tashkil etilgan.

 Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar tashkil qilindi:

       Avtomatika va telemexanika;

  1. Matematika va hisoblash asboblari va qurilmalari;
  2. Fizikaviy elektronika;
  3. Sanoat elektronikasi;
  4. Elektrotexnikaning nazariy asoslari (1934 yil)
  5. YArim o‘tkazgichlar va dielektriklar;
  6. Nazariy va eksperimental fizika (1964 yil) 

 

1962 yili fakultetning 1¸3 kurslariga talabalar qabul qilindi va 1965 yili fakultetni birinchi mutaxassislar bitirib chiqdi.

1972 yili fakultetning «Matematika va hisoblash asboblari va qurilmalari» kafedrasi negizida yangi «Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari» fakulteti tashkil etildi.

 Bu fakultet tarkibida quyidagi yangi kafedralar va markaz tashkil qilindi: 

  1. Elektron hisoblash mashinalari;
  2. Amaliy matematika;
  3. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari;
  4. Matematikaning maxsus boblari;
  5. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining texnik vositalari;
  6. Hisoblash markazi.

 Muhandislik tizimlari fakultetiga    

rahbarlik qilgan dekanlar: 

  • 1962-1964 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent B.U.Umarov;
  • 1964-1965 yillarda o‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor G.R.Raximov;
  • 1965-1967 yillarda texnika fanlari doktori, professor A.S.Karimov;
  • 1967-1969 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.K.SHokirov;
  • 1969-1970  yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent B.U.Umarov;
  • 1971-1986 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent X.SH.SHaripov;
  • 1986-1992 yillarda texnika fanlari doktori, professor Y.R.Rashidov;
  • 1992-1995 yillarda texnika fanlari doktori, professor C.C.Qosimov;
  • 1995-1996 yillarda texnika fanlari doktori, professor T.M.Magrupov;
  • 1996-2001 yillarda texnika fanlari doktori, professor Y.R.Rashidov;
  • 2001-2004 yillarda texnika fanlari doktori, professor X.Z.Igamberdiev;
  • 2004  yilda texnika fanlari doktori, professor R.X.Xamdamov;
  • 2004-2005 yillarda fizika-matematika fanlari doktori, professor B.E.Umirzoqov;
  • 2005- yildan fizika-matematika fanlari doktori, professor N.F.Zikrillaev; 

Fakultet nomining yillar bo‘yicha  o‘zgarishi 

  • 1962- 1972 yillar «Muxandislik-fizika» fakulteti;
  • 1972  -1992 yillar «RadioMuhandislik tizimlari» fakulteti;
  • 1992-1995 yillar «Elektronika, avtomatika va hisoblash texnikasi» markazi;
  • 1995-2001 yillar  «Elektronika, avtomatika va hisobash texnikasi» fakulteti
  • 2001-2005 yillar «Elektronika, avtomatika va hisoblash texnikasi» instituti. «Muhandislik tizimlari», «Kompyuter texnologiyalari» fakultetlari;
  • 2005-2016 yilllar «Muhandislik tizimlari» fakulteti;
  • 2016 yildan “Muhandislik tizimlari” va “Muhandislik fizika” fakultetlari tashkil topgan 

Fakultet tarkibidagi kafedralarning ro‘yxati: 

1. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish. Kafedra mudiri - texnika fanlari doktori, Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich;

2. Intellektual muhandislik tizimlari. Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, Sevinov Jasur Usmanovich;

3. Mexatronika va Robot texnika. Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdullaev Maxmud

4. Sanoat dizayni.  Kafedra mudiri - arxitektura fanlari nomzodi, dotsent Dmitrieva Irina Valentinovna;

5. Havodagi xarakatni boshqarish. Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, dotsent Xalilova Polina Yurevna;

6. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Kafedra mudiri - texnika fanlari doktori, professor Matyakubova Paraxat Maylievna;

7. Chizma geometriya va kompyuter grafikasi. Kafedra mudiri – dotsent Sabirova Dildora Ubaydullaevna.

 

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper