Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi

FAKULTET MA'MURIYATI:

Fakultet dekani

Nasirov Utkir Fatidinovich

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: (8 371) 246-04-59; (998 94) 612-73-27

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

  

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovuni       

Abdiev Orifjon Xofizovich

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: (8 371) 246-43-22;  (998 90) 947-81-46

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

O'quv ishlari bo'yichadekanmuovuni

Abdusalomov Abduraxim Abduvaitovich

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: (998 95) 195-19-06

E-mail: xxx

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini

 Tursunov Jonibek Abdurasulovich

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: (8 371) 246-43-22;  (998 95) 199-86-83

E-mail:

 

Fakul’tetni tashkil topishiga 1919 yil Turkiston, keyinchalik O‘rta Osiyo davlat universiteti tarkibidagi texnika fakul’teti asos bo‘lgan. Unga buyuk olim prof. M.M.Protod’yakonov rahbarlik qilgan. Keyinchalik 1929 yilda O‘rta Osiyo Industrial instituti tarkibida Geologiya va konchilik fakul’teti faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik institut O‘rta Osiyo politexnika instituti nomi bilan atalgan. Bunda atoqli olimlardan X.M.Abdullaev, G.O.Mavlonov, A.S.Uklonskiy, M.M.Protod’yakonov, X.N.Boymuxammedov, akademik Raximov V.R. va boshqalar xizmat qilgan.

Hozirgi kunda ham bir necha atoqli olimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar bulardan: akademik Akbarov X.A., professor YUsupxodjaev A.A., professor Isaxodjaev B.A., professor Nosirov U.F., professor Qayumov A., professor Umarxodjaev M., dots. Mirsaidov G.M., dots. SHaxodjaev L.SH., dots. Akbarov T.G., dots. Sagatov N.X., dots. Petrosov YU.E., dots. SHermuxamedov T., dots. Toshmuxamedov B. va boshqalar. SHuningdek Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’tetini dekani – t.f.d. prof. Nasirov O‘.F., dekan muovinlari: Abdiev O.X., Abdusalomov A.A., Tursunov J.A. va Gulyamov G‘.Jlar faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Hozirda fakul’tetda 10 ta kafedra mavjud bo‘lib, ulardan 8 tasi mutaxassislik  va 2 tasi umummuxandislik va umumta’lim  kafedralari hisoblanadi. Kafedralar  quyidagilardan iborat:

1. «Konchilik ishi» kafedrasi - kafedra mudiri prof. Nasirov U.F.

2. «Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari» kafedrasi - kafedra mudiri dots. Roziqov O.T.

3. «Geodeziya va marksheyderlik ishi»  kafedrasi - kafedra mudiri prof. Sayyidqosimov S.S.

4. «Metallurgiya» kafedrasi – kafedra mudiri t.f.n. Xudayarov S.R.

5. «Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi  - kafedra mudiri  Annakulov T.J.

6. «Gidrogeologiya va geofizika» kafedrasi - kafedra mudiri dots. Agzamova I.A.

7. «Ko‘mir va qatlamli konlar geotexnologiyasi» kafedrasi – kafedra mudiri Maxmudov D.R.

8. “Ekologiya va sanoat xavfsizligi” kafedrasi – kafedra mudiri dots. Musaev M.N.

9. «Geologiya, mineralogiya va petrografiya» kafedrasi - kafedra mudiri dots. To‘laganova N.SH.

10. “Oliy matematika” kafedrasi – kafedra mudiri  dots. Pirmatov SH.T.

 

Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’teti o‘qituvchilarning umumiy tarkibi 144 kishidan iborat. SHulardan 2 ta akademik, 6 ta fan doktori, 29 ta fan nomzodlari va 107 ta katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat yuritmoqdalar. 

Hozirgi kunda Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’tetida quyidagi ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

BAKALAVRIAT ta’lim yo‘nalishlari

Shifr

Yo‘nalish nomi

 
 

5311700

Foydali qazilma geologiyasi va qidiruv ishlari (kattik foydali kazilmalar)

 

5310300

Metallurgiya         

 

5311500

Geodeziya, kartografiya va kadastr (tarmoqlar bo‘yicha.)

 

5311600

Konchilik ishi (qazish turlari bo‘yicha)                           

 

5311800

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi

 

5312200

Konchilik elektr-mexanikasi

 

5312300

Marksheyderlik ishi

 

5630100

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo‘yicha)

 

5640100

Hayotiy faoliyat xavfsizligi

 

 

 

MAGISTRATURA mutaxassisliklari

 

SHifr

Mutaxassislik nomi

 
 

5A310301

Metallurgiya (metal turlari bo‘yicha)

 

5A311602

SHaxta va er osti muhandisligi (faoliyat turi bo‘yicha)

 

5A311707

Konchilik geologiyasi va geofizikasi

 

5A312201

Konchilik mashinalari va jihozlari

 

5A311601

Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari bo‘yicha)

 

5A311603

Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha)

 

5A311701

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha)

 

5A311801

Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi

 

5A630101

Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

 

 

Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’teti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar:

- xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlarida;

- fan sohasi;

- sanoat ishlab chiqarish;

- ichki ishlar;

- mudofaa va favqulodda vaziyatlar tizimi;

- davlat boshqaruv organlari;

- jamoat tashkilotlari;

- tadbirkorlik va xususiy sektorlar.

 

Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’tetini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura  mutaxassisliklari bo‘yicha 2012-2016 yillarda 2000 ga yaqin bitiruvchilar tamomlab Respublikamizning turli sohalarida faoliyat yuritmoqdalar.

Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal qilish hamda joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘li bilan kadrlar tayyorlash tizimida ilm-fanning uzviyligini qaror toptirish, ya’ni ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan mustahkam aloqasini ta’minlash bugungi kunda ToshDTU professor-o‘qituvchilari hamda jamoamiz oldida zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish, ularni texnik vositalar, uskunalar bilan jihozlash, fanning dolzarb yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ta’lim va fandagi izlanishlarimizni jahon ilm-fani bilan keng ko‘lamda integratsiyalash, olimlar salohiyatini oshirish, yosh iste’dodli olimlarni tarbiyalab etishtirish kabi asosiy vazifalar turibdi. SHu vazifalardan kelib chiqqan holda universitetda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning ilmiy-texnikaviy salohiyatini oshirish uchun hormay-tolmay xizmat qilayotgan ToshDTU Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’teti olimlari davlatimiz iqtisodiyotining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:

  • yoqilg‘i - energetika resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi texnik qurilmalar hamda energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqish;
  • mineral xom-ashyo resurslarini izlab topish, qazib olish, qayta ishlash va oqilona ishlatishning yuqori texnologik usullari va mamlakatimiz sanoatida aqliy mehnatni talab qiladigan samarali texnologiyalarni yaratish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash.

 

Fakul’tetda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini takomillashtirish, talabalarni olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga tizimli asosda jalb etish bo‘yicha strategik dastur ishlab chiqilgan. Joriy yilda fakul’tetda davlat byudjetidan moliyalashtirilayotgan 20 ta  loyiha bajarilmoqda, shu jumladan – 2 ta fundamental, 8 ta – amaliy va 2 ta innovatsion, 2 ta yoshlar fundamental, 1 ta yoshlar amaliy, 5 ta xo‘jalik shartnomalari ishlari umumiy qiymati 1.773.308.000 (1 milliard etti yuz etmish uch million uch yuz sakkiz ming) so‘mda amalga oshirilmoqda.

Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’tetida iqtidorli talabalar bilan mazmunli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda “YOsh metallurg”, “YOsh petrograf”, “YOsh geolog”, “YOsh matematik”, “YOsh ekolog”, “YOsh konchi”, “YOsh gidrogeolog” to‘garaklari bunga yaqqol misoldir. Oxirgi yillarda fakul’tet iqtidorli talabalari tomonidan 3 ta Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lishgan, shulardan 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 2 ta Beruniy stipendiantlaridir.

Fakul’tet jamoasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika instituti, O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasi seysmologiya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simliklar moddasi kimyosi instituti, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zGashkliti” DUK, O‘zqurilishmateriallari AK, “O‘zbekko‘mir” AJ, O‘zbekiston metallurgiya kombinati, “Dehkonobod kaliy o‘g‘itlar zavodi” UK, “Toshrangmetzavod” AJ, “Toshkent quvurlar zavodi” QK, “Quyuv-mexanika zavodi” DK, «№75-maxsus boshqarma», “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi DK, O‘zR xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, “Gidroingeo instituti”  DK, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi qoshidagi neft va gaz konlari geologiyasi xamda qidiruv instituti, “Muborak” gazni qayta ishlash zavodi, “SHo‘rtangaz” kimyo komplekslari bilan korporativ hamkorlik aloqalarini o‘rnatganlar.

       Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakul’teti jahonning rivojlangan mamlakatlari: Rossiya, Fransiya, Xitoy, Koreya, Norvegiya, Qozog‘iston davlatlari oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan o‘quv-ilmiy aloqalar olib bormoqda. Oxirgi  yillarda fakul’tetning 20ga yaqin professor-o‘qituvchilari jahonning rivojlangan mamlakatlari ilmiy tadqiqot markazlarida malaka oshirib qaytdilar.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper