Mashinasozlik texnologiyalari

FAKULTET MA'MURIYATI:

Fakultet dekani


 

 

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: +998971 246-08-75

E-mail: 

 

 O'quv ishlari bo'yicha dekan muovuni

 

Xusainov Ravshan Raximovich

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: +998971 246-08-75

E-mail:  Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

 

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovuni

 

Begimqulov Dilshod Qalandarovich

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: +998971 246-08-75

E-mail:  Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini

 

Umarov Sarvar Yarkulovich

Qabul vaqti: 830 - 1700

Telefon: (8 371) 246-08-75

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

 

Fakultet kafedralari:

-      Mashinasozlik texnologiyasi;

-      Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi;

-      Materialshunoslik;

-      Qishloq xo’jalik texnikasi;

-      Texnologik mashinalar va jihozlar;

-      Quymakorik texnologiyalari;

-      Dvigatellar;

-      Metallarga bosim bilan ishlov berish;

-      Sovutish va kriogen texnikasi;

-      Havo kemalari texnik ekspluatatsiyasi va jihozlari;

-      Mashinalar konsruksiyasi asoslari;

-      Materiallar qarshiligi.

 

 

Fakultetning bakalavriatura yo'nalishlari:

- 5111000 – Kasb ta’limi (tarmoqlar bo’yicha);

- 5310400 – Havo kemalaridan texnik foydalanish;

- 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik;

- 5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo’yicha);

- 5312500 – Energomashinasozlik (tarmoqlar bo’yicha);

- 5312800 – Quymakorlik texnologiyalari;

- 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi;

- 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish;

- 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha);

- 5320500 – Biotexnologiya;

- 5610100 – Xizmat ko’rsatish  sohasi (xizmat ko’rsatish  tarmoqlari bo’yicha);

- 5610600 – Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko’rsatish  tarmoqlari bo’yicha ).

 

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

- 5A111001 – Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (Er usti transport tizimlari va ularning eksplutatsiyasi);

- 5A310302 – Metallurgiya mashinalari va jihozlari (ishlab chiqarish turi bo’yicha);

- 5A310303 – Quymakorlik ishlab chiqarishi texnologiyasi (turlari bo’yicha);

- 5A310305 – Qora va rangli metallarni prokatli ishlab chiqarish;

- 5A310405 – Havo kemalari va aviatsiya dvigatellaridan foydalanish;

- 5A310501 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik;

- 5A310601 – Er usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo’yicha);

- 5A310604 – Avtomobillar va avtomobil xo’jaligi;

- 5А310605 – Ichki yonuv dvigatellarini sinash va foydalanish;

- 5A320101 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha);

- 5A320201 – Mashinasozlik  texnologiyasi va jihozlari  (ishlab chiqarish bo’yicha);

- 5A320203 – Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo’yicha);

- 5A320206 – Mashinasozlikda texnologik jarayonlar va tizimlarni avtomatlashtirish;

- 5A320207 – Metal kesish dastgohlari va uskunalari;

- 5A320208 – Metallarga bosim bilan ishlov berish;

- 5A320303 – Sovutish, kriogen texnikasi va mo’tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari;

- 5A320317 – Metallurgiya mashina va jihozlardan foydalanish va ta’mirlash;

- 5A430102 – Qishloq xo’jalik texnikasini loyihalashtirish va konstruktsiyasini ishlash;

- 5А610101 – Xizmat ko’rsatish  sohasi (xizmat ko’rsatish  tarmoqlari bo’yicha).

 

F a k u l  t e t   t a r i x i

  Fakultet 1918 yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining texnika fakulteti tarkibida elektromexanika bo’limi ochilgan bo’lib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi bo’yicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham mo’ljallangan edi. 1920 yilda u Turkiston davlat universiteti maqomiga ega bo’lgach, unda maxsus mexanika bo’limi ta’sis etilib, 69 talaba tahsil ola boshladi. Ayni vaqtda "Metallar texnologiyasi", "Amaliy mexanika", "Nazariy mexanika", "Mashina detallari" kafedralari ham shu yillarda tashkil qilinib, ishga tushirildi. Bo’limning ta’lim-tarbiyaviy, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga Moskvadan kelgan professorlar I.I. Vodopyanov, D.V. Pearov bilan birga shu erlik A.I.Ivanov, S.V.Novokreshchenova, D.S.Topornin, N.M.Levkovich, N.A.Zimin, A.P.Nikolaev kabi o’qituvchilar rahbarlik qildilar. Dastlabki mexanik-muhandislar guruhi 1923 yilda tayyorlab chiqarilgan edi.

  Toshkent politexnika institutining mexanika fakulteti etmishinchi yillarga kelib eng katta bilim maskanlaridan biriga aylandi. Tashkiliy va talim-tarbiya ishlarni yanada yaxshilash maqsadida 1979 yilda fakultet ikkiga - "Mexanika-mashinasozlik" (dekani - docent M.T.Bolabekov) hamda "Traktor va qishloq xo’jalik mashinasozligi" (dekani - docent A.S.Sadritdinov) fakultetlariga bo’lindi.

  1991 yilda Toshkent politexnika instituti mashinasozlik institutini yana o’z bag’riga olib, Toshkent davlat texnika universitetiga aylantirildi. Sobiq mashinasozlik instituti tarkibida vujudga kelgan 4 ta o’quv fakultetlari esa birlastirilib, 1992 yilda "Mexanik muhandislar tayyorlash markazi" tasis etildi va uning rahbari etib rektor muovini lavozimida politexnika institutining fidoyi fahriylaridan atoqli olim-murabbiy professor O’.A.Ikromov tayinlandi, keyingi yillarda esa bu lavozimda professor N.Z.Zaynutdinov ishladi. Markaz ham tez orada mexanika fakultetiga aylantirildi. Keyinchalik mexanika-mashinasozlik, 2017 yildan esa Mashinasozlik texnologiyalari fakultetiga aylantirildi.

  Bugungi kunda Mashinasozlik texnologiyalari fakulteti zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, mashinasozlikdagi yirik ilmiy muammolarni hal etishga qodir bo’lgan ilmiy-o’quv maskanidir. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari davrida fakultet jamoasi tabiiy boyliklarni tejovchi, ekologik jihatdan maqbul loyihalarni hal etmoqda.

 Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar tashkil qilindi:

  1. Mashinasozlik texnologiyasi;
  2. Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi;
  3. Materialshunoslik;
  4. Qishloq xo’jalik texnikasi;
  5. Texnologik mashinalar va jihozlar;
  6. Quymakorik texnologiyalari;
  7. Dvigatellar;
  8. Metallarga bosim bilan ishlov berish;
  9. Sovutish va kriogen texnikasi;
  10. Havo kemalari texnik ekspluatatsiyasi va jihozlari;
  11. Mashinalar konsruksiyasi asoslari;
  12. Materiallar qarshiligi.

   Mashinasozlik texnologiyalari fakultetini 1941-2017 yillar oralig’da dekan lavozimida: M.M.Mixaylov, M.M.Turbovskiy, N.S.Abramov, G.B.Fiks-Margolin, O.U.Salimov, O’.A.Ikromov, M.T.Bolabekov, A.S.Sadritdinov, N.G.Ermolenko, S.X.Ikromov, N.Z.Zaynutdinov, S,G’.Zokirov, F.S.Abdullaev, SH.A.Karimov, O’R.Ro’ziev, T.Umarov, F.R.Norxo’jaev, D.M.Berdievlar boshqarib keldilar. Hozirda esa uni t.f.d. D.M.Muxammadiyev boshqarib kelmoqda.

 

Fakultet tarkibidagi kafedralarning ro‘yxati: 

1. Mashinasozlik texnologiyasi. Kafedra mudiri - texnika fanlari doktori, To’raxodjaev Nodir;

2. Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi. Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, dotsent Begimov Nurilla Nazarovich;

3. Materialshunoslik. Kafedra mudiri - texnika fanlari doktori, dotsent Ziyamuxamedova Umida Alijonovna;

4. Qishloq xo’jalik texnikasi.  Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, dotsent Ravutov Shavkat Tadjievich;

5. Texnologik mashinalar va jihozlar. Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, dotsent Dunyashin Nikolay Sergeevich;

6. Quymakorik texnologiyalari. Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, dotsent Xalimjonov Toxir Salimovich;

7. Dvigatellar. Kafedra mudiri – texnika fanlari nomzodi, dotsent Turaev Bahodir Tirkashovich;

8. Metallarga bosim bilan ishlov berish. Kafedra mudiri – texnika fanlari nomzodi, dotsent Berdiev Darob Murodovich;

9. Sovutish va kriogen texnikasi. Kafedra mudiri – texnika fanlari nomzodi, dotsent Azizov Dilshod Xabibullaevich;

10. Havo kemalari texnik ekspluatatsiyasi va jihozlari. Kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, dotsent Sagdiev To’lqin Axmadjonovich;

11. Mashinalar konsruksiyasi asoslari. Kafedra mudiri – texnika fanlari nomzodi, dotsent Mirzaev Qaxramon Qarshiboevich;

12. Materiallar qarshiligi. Kafedra mudiri – texnika fanlari nomzodi, dotsent Maxmudova Naima Xalilovna.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper