Energetika fakulteti

 

 

 

Dekan - Toshov Javoxir Buriyevich,

texnika fanlari nomzodi, dotsent

Tel.: 0(371) 246-03-04, e-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha

 

 

 

 

 

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari – Eshkuvatov Lutfulla Muradullayevich

Tel.: 0(371) 246-03-04 

Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha

 

 

 

 

 

 

 

 

Dekan o’rinbosari – Nosirov Faxriddin Jaylovovich

texnika fanlari nomzodi, dotsent

Tel.: 0(371) 246-03-04 

Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha

 

 

 

 

 

 

 

Dekan o’rinbosari – ARZIQULOV G’OLIBJON PARDAYEVICH

Tel.: 0(371) 246-03-04

Qabul vaqti: Har kuni soat 13-00 dan 17-00 gacha

 

 

 

KONTINGENT

Bakalavriat ta'lim yo'nalishi

Shundan (kurslar bo'yicha talabalar soni)

Magistratura
mutaxassisligi

Shundan (kurslar bo'yicha talabalar soni)

1-kurs

2-kurs

3-kurs

4-kurs

1-kurs

2-kurs

2849

713

690

704

742

122

55

67

 

  Bugungi kunda Energetika fakultetida 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda, ulardan 9 tasi bitiruvchi chiqaruvchi kafedralardir:

  • · «Gidravlika va gidroenergetika»kafedrasi mudiri - prof. Muxammadiev Мurodulla
  • · «Elektr stansiyasi, tarmoqlari tizimlari» kafedrasi mudiri - t.f.n., prof. Goyibov To’lqin  Shernazarovich
  • · «Elektr mashinalari» kafedrasi mudiri - t.f.d., prof. Pirmatov Nurali Berdiyarovich
  • · «Elektr mexanikasi va elektr texnologoyalari» kafedrasi mudiri - Po’latov Abror Obidovich
  • · «Elektr ta’minoti» kafedrasi mudiri - t.f.n., dots., Taslimov Аbdurahim Dexqonovich
  • · «Elektrotexnika» kafedrasi mudiri - t.f.n., dots., Abdullayev Baxtiyor
  • · «Issiqlik energetikasi» kafedrasi mudiri t.f.n., dots. Yunusov Baxtiyor Xojakbarovich
  • · «Energetikada nazorat va boshqaruv tizimlari» kafedrasi mudiri - t.f.n., dots., Rismuhammedov  Davlat Omonovich
  • · «Alternativ energiya manbalari» kafedrasi mudiri - t.f.n., dots., Tashmatov Xayit Qarshiyevich

   Kafedralar bo’yicha shtat birligining umumiy soni 170: to’liq shtatda jami 123 nafar professor-o’qituvchilar, shu jumladan 2 nafar akademik, 13 nafar professor, 32 nafar dotsent, 34 nafar katta o’qituvchi, 43 nafar assisentlardir, ilmiy salohiyat 44 % ni tashkil etadi. O’quv-yordamchilar 38 nafarni tashkil etadi.

  Energetika fakultetida 6 ta bakalavr ta’lim yo’nalishi va 14 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim jarayonlari olib boriladi. Fakultet bo’yicha jami 2973 nafar talaba tehsil oladi, shulardan 2849 nafari bakalvr va 122 nafari magistratura talabalaridir.

 

BAKALAVR TA’LIM YO’NALISHLARI

  • · 5310100 - Energetika
  • · 5310200 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlari bo’yicha)
  • · 5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologoyalari (tarmoqlar bo’yicha)
  • · 5111000 - Kasb ta’lim (5310200- Elektr energetikasi)
  • · 5312100 - Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi
  • · 5312400 - Muqobil energiya manbalari (turlari bo’yicha )

 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

  • · 5A312401-Muqobil energiya manbaalari (turlari bo’yicha )
  • · 5A310101-Gidroelektrostansiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari
  • · 5A310104-Sanoat issiqlik energetikasi
  • · 5A310105-Issiqlik texnikasi (issiqlik texnikasining nazariy asoslari)
  • · 5A310701-Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo’yicha)
  • · 5A310702-Elektr izolyatsiyasi va kabelli texnika
  • · 5A310403-Pilotaj-navigatsiya majmualarining aviatsiya elektr tizimlaridan texnik foydalanish
  • · 5A310704-Elektr texnik majmualar va tizimlar (sanoat)
  • · 5A310202-Energiya tejamkorligi (sanoat)
  • · 5A310203-Elektr stantsiyalari
  • · 5A310204-Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)
  • · 5A310201-Elektr ta'minoti (tarmoqlar bo'yicha)
  • · 5A310202-Energiya tejamkorligi (issiqlik energetikasida)
  • · 5A312101-Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi

 

  Energetika fakultetida davlat budjeti mablag’lari tomonidan moliyalashtirilgan 2 ta fundamental, 7 ta amaliy va 1 ta yosh olimlar loyihasi, 4 ta xo’jalik shartnomalari mavjud.

  Fakultetda “Energiya–va resurstejamkorlik muammolari” ilmiy – ishlab chiqarish jurnali mavgud bolib, respublikada energetika sohasi bo’yicha yagona jurnaldir.

  

  Energetika fakulteti 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibida tashkil topgan bo`lib, 1923 yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan. Energetika fakultetining tashkil etilishida asos solgan va energetik injener kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko'rsatgan olim akademik A.G.Aleksandrov bo`lgan.

  Energetika fakultetining kengayishi va rivojlanishida dekanlar: prof.G.F.Grushkin, A.V.Sorokin, dotsentlar N.I. Toperverx, P.V.Karpenko, M.L.Aronov, X.M.Asimov, professorlar: B.U.Umarov, A.S.Karimov, T.M.Kodirov, K.R.Allaev, O.O.Xoshimov, B.X. Yunusov, A.A. Alimov, T.Sh. Gayibov va boshqalar katta xizmat ko`rsatishgan. 2015 yildan J.B. Toshov fakultet dekani sifatida boshqarib kelmoqda.

  Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, muxbir-a'zo G.R.Raximov, professorlar: K.R.Allaev, B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullaev, dotsent B.X.Yunusov va boshqalarning xissasi katta.

  80-yillaga kelib mamlakatimiz xalq xujaligi uchun energetik-muhandis mutaxassislarga bo’lgan extiyoj oshishi munosabati bilan 1983-yilda Energetika fakul'teti asosida: Elektroenergetika va Sanoat energetikasi fakul'tyetlari tashkil etildi. 1993 yilda esa shu fakul'tetlar negizida Energetika markazi tashkil etilib, markaz prorektori etib prof. K.R.Allaev tayinlandi.

  2005 yilda Energetika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmoyishga asosan qayta tashkil etildi. Hozirda fakultet tarkibi, 6 ta yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 14 ta mutahasislik bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

  Institut qoshida DAK "O'zbekenergo" va boshqa yirik korxona tashkilotlar raxbarlari va injener-texnik xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.

  Energetika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura hamda bakalavriat ta'lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.

Fakultetimiz yotoqxonasida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turarjoyida muntazam ravishda ma'naviyat xonasi faoliyat ko’rsatadi. U yerda doimo yangi gazeta-jurnallar mavjud. Ma'naviyat xonasida tez-tez turli davra suxbatlari, tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suxbatkfhi o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari yotoqxonada yashayotgan talabalar bilan xyqyq targ’ibot organlari xodimlari va Universitetning raxbariyati bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.

"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" va "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan energetik" faxriy unvonlariga ega bo‘lgan akademik X.F.Fozilov energetika soxasining rivojlantirishga qo‘shgan buyuk ilmiy ishlari uchun 1986 yilda SSSR Davlat mukofotiga va 1993 yili O‘zbekiston Respublika akademiyasining Al-Xorazmiy medaliga sazovor bo‘lgan.

Energetika fakultetida taxsil olib, shu soxada faoliyat ko‘rsatgan bir gurux olimlar: akademik M.Z.Xamudxonov, professor O.O.Xoshimov, S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjaev va dotsentlar M.A.Xusanov, K.Muminovlar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 1970 yilda fan va texnika soxasidagi Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishgan.

Professor A.S.Karimov 1989 yilda "Nazariy elektrotexnika" fanini rivojantirishda va ilmiy kadrlarni tayyorlashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" faxriy unvoni berilgan. Professor T.M.Qodirov 2002 yilda yosh kadrlarni tayyorlashda erishgan yutuqlari uchun "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy" faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Professor X.G.Karimov "Oliy ta'lim a'lochisi" va boshqa prof-o‘qituvchilarimiz ilm-fan soxasida va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashda erishgan yutuqlar uchun medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Fakultetimizni bitirgan, yuzlab yuqori malakali mutaxasislar, Respublikamiz yirik korxona va tashkilotlariga raxbarlik qilib kelishmoqda. Jumladan: E.R.Shoismatov DAK "O‘zbekenergo" boshqaruv raisi, DAK "O‘zbekenergo" Boshqaruv Raisi urinbosarlaridan: Teshabaev B.M., Siradjev A.Z., Abdullaev X.N., Raimov P.O., bo‘lim boshliqlari: Usmonova M.A., Nurillaev L. I., Xamidov SH.V., Nurmatov B.C., ToshDTU rektori prof. Allaev Q.R., Energomarkaz direktori akad. Nosirov T.X., "Toshshaxarelektrtarmoq" korxonasi direktori Ikromov M.TashMES direktori Isaqulov D.N. va boshqalar.

 

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper