Друк

21.01.2016 Tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunni ilg‘or texnologiyalarsiz tasavvur etish o‘ta mushkul. Ular hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. World Wide Web – butunjahon o‘rgimchak to‘ri deb ataladigan Internetning imkoniyatlari, bugungi taraqqiyotning tezligiga tezlik, kuchiga kuch bag‘ishlayotgani, insoniyat intellektiga bemisl hissa qo‘shayotgani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Hozirgi kunda Uzbekistonda tashqi kanalning internet tezligi 11 GB ga etdi. Bu esa juda quvonarli holdir. "O‘zbektelekom" AK Yaponiyaning NEC korporatsiyasi hamda Toyota Tsusho savdo uyi bilan hamkorlikda sekundiga 100 Gbit ma’lumot o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan DWDM (To‘lqin uzunligi bo‘yicha ma’lumot uzatish kanallarini zichlashtirish) aloqa tarmog'ini ishga tushirdi. Oramizda ana shu buyuk ixtironing imkoniyatlaridan bahramand bo‘lmagan inson topilmasa kerak.

Batafsil: Yoshlarda virtual diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish...