Друк

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2012-yil    26-sentabrdagi “Oliy ta`lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularningmalakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 278-sonli qarori asosida Toshkent davlat texnika universiteti huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan

 

 Tarmoq markazining maqsad va vazifalari

 

- Tarmoq markazining maqsadi jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli kasbiy faoliyat ko’rsatish uchun oliy ta`lim tizimi kadrlarning (shuningdek O’MKHT pedagoglarini) texnika va texnologiya yo’nalishlarida bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish yoki yangi kasbiy bilim va ko’nikmalarni egallashga qaratilgan kadrlarni qayta tayyorlashdir.

- Ko’zlangan maqsadga erishish uchun markaz o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

- Oliy ta`lim muassasalari ehtiyojini o’rganib, TDTU imkoniyatlaridan foydalangan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish yo’nalishlarini belgilash;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil

16-fevraldagi 25-qarorida OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo’yilgan talablari asosida o’quv reja va dasturlar ishlab chiqish.

- qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;

- tinglovchilar uchun o’quv-uslubiy qo’llanmalar, elektron darsliklar, didaktik vositalar va tarqatma materiallar ishlab chiqish;

- o’quv jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa oliy ta`lim muassasalaridan yetuk kadrlarni jalb qilish;

- tinglovchilar bilimini muntazam nazorat qilish, xolisona baholash usullarini qo’llash;

- tinglovchilar o’qishi va yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

- ta`lim xizmatlari ko’rsatish orqali byudjetdan tashqari mablag`lar topish imkoniyatlarini qidirish;

- ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil qilish.

- O’MKHT muassasalari pedagoglari va ishlab chiqarish ustalarining rejadagi yo’nalishlar bo’yicha malaka oshirishini yo’lga qo’yish.

 

Tarmoq markazining huquqlari va majburiyatlari

Markazning huquqlari:

-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning dolzarb ilmiy muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borish;

-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha respublika va xorijiy mamalakatlar ilg`or tajribalarini ommalashtirib borish;

-Respublika hududida va xorijiy mamalakatlarda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o`z nomidan va o’z vakolati doirasida hamkorlik shartnomalarini tuzish;

-oliy ta`lim muassasalaridan tarmoq markazi vazifalarini ijrosini ta`minlash uchun zarur ma`lumotlarni so’rab olish;

-ta`lim tizimini takomillashtirish borasida turli xalqaro va respublika miqiyosidagi ko’rgazma, konferensiya, seminar, simpozium va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

-korxona va tashkilot xodimlari uchun shartnoma asosida pulli qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

-O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va Ustavga zid bo’lmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.

 

Tarmoq markazining majburiyatlari:

- Oliy ta`lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha ishchi o’quv reja va ishchi dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

-qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish;

-zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, internet materiallaridan foydalanish;

-xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalarini o’rganib, amalga tatbiq etish;