Друк

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

(O'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan).
Gerbning markazida - qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va ezgulik ramzidir.
Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi bo'lgan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan bo'lib, uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan.
Quyosh tasviri - bizning davlatimiz va xalqimizning hayot yo'li hamisha nurli bo'lishi uchun bildirilgan yaxshi niyatdir.
Boshqalar - rizq-ro'zimiz bo'lmish g'allaning timsoli - oppoq bo'lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g'o'za shoxlari - serquyosh yurtimizning dong'ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug'doy boshoqlari va paxta chanoqlari o'ralgan lenta esa respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.
Gerb rangli tasvirda bo'lib, Xumo qushi kumush rangda; quyosh, paxta chanog'i va "O'zbekiston" degan yozuv tilla rangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog'lar havo rangda; paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda; lenta to'rt xil rangda berilgan.

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG‘I

 

(O'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlangan).
O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va ma'naviy sohalardagi o'zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havo rang - zangori osmon va musaffo suvning, shuningdek yer va osmondagi hayot manbalarining ramzidir.
Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir.
Qizil yo'llar - bu har bir tirik jon qon tomirida urib turgan hayotiy kuchning, hayotning va yerning ramzidir.
Yashil rang - tabiatning timsoli, hosildorlikning ramzidir.
Yarim oy - O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmonning, tinchlikning ramzi. 12 raqami - qadim vaqtlardan buyon mukammallik timsoli bo'lib kelgan, shuning uchun bizning bayrog'imizda ham 12 yulduz tasvirlangan.
Davlat bayrog'i - bizning o'tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

  O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi                                                                  Abdulla Oripov so'zi

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!