Universitetimizda “Energiya samarali va energiya tejamkor texnologiyalar – O'zbekiston energetikasi taraqqiyotining asosi” mavzusida respublika ilmiy-texnika anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevral 126-F sonli Farmoishi bilan tasdiqlangan “O'zbeksiston Respublikasida 2017 yilda xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnika anjumanlar rejasi” da belgilangan,
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 17 fevral 86 sonli “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017 yilda o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasiga asosan 2017 yilning 22 - 23 dekabr kunlarida Toshkent davlat texnika universitetida “Energiya samarali va energiya tejamkor texnologiyalar – O'zbekiston energetikasi taraqqiyotining asosi” mavzusida respublika ilmiy-texnika anjumani bo'lib o'tdi.

Anjuman ishida quyidagi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'ruzalar tinglandi, muhokama va taxlil qilindi:
– O'zbekistonda uglevodorodlarni qazib olish
– muammo va echimlari;
– elektr energetikasining energiya balansi va energiya samaradorligi;
– issiqlik energetikasining balansi va samaradorligi;
– tiklanuvchi energiya manbalari;
– energetikada innovatsion texnologiyalar.

Anjumanda chet ellardan va respublikamizning bir qancha vazirlik, idora va tashkilotlaridan olim va mutaxassislar, yosh olimlar, magistrant va talabalar o'z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan,
- oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligiga qarashli oliy ta'lim muassasalari xodimlaridan va ular bilan xamkorlikda 72 ta ilmiy ma'ruzalar;
- chet ellik olim va mutaxassislardan 8 ta ilmiy ma'ruzalar;
- O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli ilmiy tadqikot institutlari olimlaridan va ular bilan xamkorlikda 11ta ilmiy maqolalar;
- korxonalar, tashkilotlar rahbarlari va mutaxassilaridan va ular bilan xamkorlikda 23 ta ilmiy ma'ruzalar;
- yosh olim, magistrant va talabalardan 12 ta ilmiy ma'ruzalar qabul qilinib, anjuman dasturiga kiritildi va eshitildi.
Anjuman ishida «O'zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining muovini To'xtaev Q.M., Tursunov J.A., – “O'zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisining birinchi muovini. Avezova N.R., – “Quyosh fizikasi” IIChB bosh direktori. “O'zbekgidroenergo” AJ Gidroelektr stantsiyalari bo'lim boshlig'i Ibraimov E.M.

O'zR FA Energetika va avtomatika ITI direktori prof. X.M.Muratov, O'zR FA akademiklari Davlat mukofoti laureati professor R.A.Mo'minov, professor R.A. Zaxidov, professor T.X.Nosirov, «Mir Solar» MChJ bosh direktori A.M. Mirzabaev va «Intellekt- Dialog» MChJ direktori G.S. Soliev, «Yoqilg'i va energiyaning muqobil turlari korxonalari» Assotsiatsiyasi raxbari A.A. Alimbaev, Qozog'iston Respublikasidan “Sotbaev” universiteti katta lektori Berdibekov A.O., Almata energetika va aloqa universiteti dotsenti PhD S.K.Abildinova, GKKP Almata energetika va elektron texnologiyalar davlat kolleji “Issiqlik energetikasi” kafedrasi o'qituvchisi M.T.Abdirova, Saken Seyfullin nomidagi Agrotexnika universiteti “Issiqlik energetikasi” kafedrasi katta o'qituvchisi R.A.Umirzakov, “Sredaztsvetmetenergo” bosh direktori Kostetskiy M.O., “YeSO SYSTEM” MChJ direktori Sadikov V.K., ”O'zelektroapparat”, ”Muborak GQIZ”, ”Toshsuvta'minoti”,“Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti” korxonalarining etakchi mutaxassislari va O'zbekiston milliy universiteti ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.
Anjuman ishi O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi. Jumladan O'zbekiston Axborot agentligining “Halq so'zi” gazetasi, O'zbekiston teleradiokompaniyasining “Davr” informatsion dasturi, “MY 5” dasturi shular qatorida.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper