Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti talaba yoshlari tomonidan “Yangi yil”ga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi .

Mexanika fakulteti binosida 2017 yil 20 dekabr kuni “Yangi yil”ga bag'ishlangan ma'naviy-musiqiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.A. Alimov kirish va tabrik so'zi bilan ochib berdi
hamda bugungi kunda O'zbekiston yoshlari uchun imkoniyatlar eshigi ochiqligi, yuksak e'tibor natijasida qator tanlovlar yoshlar uchun yaratilganligi jumladan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Prezident stipendiyasi hamda nomdor stipendiyalar yoshlar uchun keng qamrovli imkoniyatlar ekanligini takidladilar. Bu tanlovlarning maqsadi kimnidir g'olib kimnidir mag'lub deb e'lon qilish emas, aksincha, tanlovlarning ezgu g'oyasi yoshlarni birlashtirish, ular o'rtasida do'stona munosabatlarni o'rnatish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni qo'llab-quvvatlashdir degan fikrlarni bildirdilar. Talabalarni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, barchaga baxt, sixat-salomatlik, o'qishlariga omad tilab qoldilar.Tabrik so'zini Mexanika fakulteti dekani D.M. Berdiev davom ettirib, talabalarni yangi yil bilan tabriklab, kirib kelayotgan yil baxt saodat, ilmda muvaffaqiyat olib kelishini tilab qoldilar.
Tadbir boshlovchilari reja asosida davraga Madaniyat kollejidan tashrif buyurgan “Sado” guruhini taklif etishdi. “Sado” guruhi o'zlarining doiralarini mahoratli ijrosi bilan davrani qizdirishdi.

Talabalar o'zlari tayyorlab kelishgan quvnoq topshiriqlari bilan barchani xursand qilishib, hammaning yuzlariga tabbasum ulashishdi. Talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlari va hazil mutoyibalari barchaga birdek manzur bo'lib, olqishlarga sazovor bo'ldi.

Tadbir davomida Mexanika fakultetining bir qator faol talabalari ishtirokida “Yangi yilga yangi orzular” shiori ostida bir biridan qiziq shartlar tashkil etildi va Mexanika fakultetining dekani tomonidan shart ishtirokchilari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakuni doirasida 2017/2018 o'quv yilida o'zining tashabbuskorligi, faolligi, mehnatsevarligi bilan boshqa talabalarga o'rnak bo'lib kelgan yoshlarimiz uchun “Yilning eng yaxshi alochi qiz talabasi”, “Yilning eng yaxshi alochi yigit talabasi”, “Yilning eng yaxshi guruh etakchisi”, “Yilning eng faol Ittifoq a'zosi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, nominatsiyalari elon qilindi. Faol talaba yoshlarimizga esdalik sovg'alari, diplom va fahriy yorliqlar taqdim etildi.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper