Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik fakultetida 2017 yilning 19 dekabr kuni “Diniy ekstremizm va terrorizm” mavzusi asosida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi .

Tadbirni Mashinasozlik fakul'teti ma'navviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha dekan muovini B.I.Ibragimov so'zga chiqib kelgan mehmonlarni talabalarga tanishtirdi.Shundan so'ng u o'z so'z navbatini Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'limi boshlig'i M. Atamurodovga berdi.
U o'z so'zida O'zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o'lka bo'lib kelgan deb aytib o'tdi. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo'lgani, Vatan taraqqiyoti yo'lida elkadosh bo'lib mehnat qilgani tarixiy manba'larda ko'p qayd etilgan.Hozirgi kunda O'zbekiston aholisini soni 32 mln. dan oshgan bo'lib, ular130dan ziyod millatga mansub hisoblanadi deb ta'kidlab o'tdi. Ma'lumki, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kelmoqda.
Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to'qnashuvlarni boshidan kechirmoqda . Mazkur hududlarda go'yoki haqiqiy “Islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo'ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo'l urayotgan turli guruh va jamoalar ko'payib ketayotganligini aytib o'tdi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'rt yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ta'kidlanganlaridek: “Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to'qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o'rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo'layotgani barchamizninig tashvish va xavotirga solmay qo'ymaydi” deb o'z so'zini tugatdi.

So'ng so'z navbati Toshkent islom universiteti “ Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish yunesko kafedrasi” katta o'qituvchisi R.Isoqjonov Ushbu holat davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat'iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne'mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda. So'nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish, “Hujralar” tashkil etish, diniy ekstramistik mazmundagi materiallarni elektron ko'rinishda tarqatish, internet orqali targ'ibot o'tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda
Yana takidlash joizki, tinchlikni ulug' ne'mat deb e'lon qilgan dinimizda bu yo'lda nafaqatamal bilan, balki so'z bilan xam zarar keltirishdan qaytarilgan. Shu nuqtai-nazardan, fuqoralarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yo'lida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshiralayotgan sa'y-xarakatlarni e'tiqodan qo'llab-quvvatlashlari va qo'lidan kelgancha yordam berishlari lozim. Taxdidlarning oldini olishga qaratilgan aynan mana shunday chora-tadbirlar hisobiga yurtimiz tinch, dindorlarimiz xotirjamlikda ibodatlarini ko'ngildagidek ado etmoqdalar. Shu sababdan yurtimizga g'alamislik qilishga xarakat qiluvchi, go'yoki dindorlarga tazyiq qilinmoqda degan tuxmat tarqatayotgan kimsalarning tegirmoniga suv qo'ymasligimiz lozim. Zero, Payzambarimiz (sollalohu alayxi vasallam) marxamat qilganlaridek: “Haqiqiy musulmon bu- musulmonlar uning tili va qo'lidan omonda bo'lishliklaridir”.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper