“Tariximsan, taqdirimsan, Ona tilimsan” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

2017 yil 20 oktabr kuni soat 11:30da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetininig O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazida “Tariximsan, taqdirimsan, Ona tilimsan” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Тadbirda “Tillar (o‘zbek va rus)” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Muhandislik texnologiyalari fakulteti, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zR FА “O‘zbek tili, adabiyoti va folklor” instituti yetakchi ilmiy xodimi, f.f.d. Y.R.Odilov,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova, Hаmid Toshpo‘latov Burxonov Feruz, universitet axborot resurs markazi hodimlari hamda  150 nafar talabalar ishtirok etishli. Davlat tili qonuni qabul qilingan kunning 28 yilligi keng nishonlandi. Tadbirni ToshDTU Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi prorektori A.Alimov ochdi.O‘zR FА “O‘zbek tili, adabiyoti va folklor” instituti yetakchi ilmiy xodimi, f.f.d. Y.R.Odilov. “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning bugungi kundagi ahamiyati”mavzusida ma’ruza qildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist S.Rametova “Ona suti bilan kirding yurakka” mavzusida ma’ruza qildi.Tadbir dasturiga ko‘ra talabalar chiqishi namoyish etildi. Unda til haqidagi maqollar, turli millatlar tabrigi, she’rlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. “Tillar (o‘zbek va rus)” kafedrasi mudiri dots. N.Z.Umarova o‘zining yakuniy so‘zida tadbirga yuqori baho berdi.

 

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper