2017 yil 3 oktyabr kuni “Murabbiylar ishining samaradorligini oshirish” mavzusiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo`lib o`tdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat tehnika universiteti Murabbiylar Kengashi va Energetika fakulteti dekanining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha muovini M.Nazirhodjaevlar tomonidan fakultetda faoliyat yuritayotgan murabbiylar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Mazkur tadbirda murabbiylarning asosiy vazifalari - universitetda yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish, muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlash, muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralash, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini ta'minlashdan iborat bo'lgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi shartlarini talabalarga etkazish, O'zbekistonning tashqi va ichki siyosatida erishilayotgan yutuqlarni, bu yutuqlarning bugun va kelajak uchun ahamiyatini anglatish orqali milliy iftihor tuyg`usini tarbiyalash, faol fuqarolik munosabatini rivojlantirish, mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar,tarihiy-me'moriy, obidalar, maskanlarga sayohatlar uyushtirish, talaba-yoshlarni istiqlol g`oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug` va olijanob maqsadga e'tiqod, jasurlik va fidoyilik ru?ida tarbiyalashga mo'ljallangan ishlarining strategiyasini belgilash, harakat uslublari ustida ishlash va amalga oshirish haqida keng va atroflicha tushunchalar berish, (hujjatli film namoyish etish orqali). Milliy-ma'naviy salohiyatimizning jahon sivilizasiyasidagi o'rnini tiklash va bugungi kunda ma'naviyat, ma'rifat, fan, tehnika, tehnologiya yutuqlarini chuqur o'zlashtirish asosida hozirgi zamon umumjahon ma'naviyati tizimi rivojiga qo'shilayotgan buyuk hissamiz haqida tushunchalar berishdan iborat ekanligi haqida keng va atroflicha tushunchalar berildi.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper