O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotini tuzish va faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha ta'sis yig'ilishi o'tkazildi

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti "O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi"da O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotini tuzish va faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha ta'sis yig'ilishi o'tkazildi.

 

 

 


Mazkur tadbirda universitet rektori S.Turobjonov, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Atamuratov, professor-o'qituvchilar, 150 nafar delegat talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Ta'sis yig'ilishida universitetda tahsil olayotgan bir guruh tashabbuskor yoshlar Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotini tuzish va faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha taklif bilan chiqdilar.
Ta'sis yig'ilishi kun tartibi bo'yicha 3 ta masala ko'rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan faol yoshlar so'zga chiqib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mulohazalar yakuni bo'yicha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotini tuzish va faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha taklifi bir ovozdan ma'qullanib, boshlang'ich tashkilotni tashkil etish qarori qabul qilindi. Shuningdek, yoshlar itifoqining fakultet boshlang'ich tashkiloti yetakchilarini va sentyabr oyining 23 sanasida universitet yoshlar itifoqining boshlang'ich tashkiiloti yetakchisini saylash bo'yicha muddatlari va tashkiliy masalalari ko'rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Kun tartibi bo'yicha barcha bildirilgan taklif va mulohazalar yoshlar tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlandi.

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper