Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish istagida bo'lgan fuqarolarni o'qishga taklif etadi !

  O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining 2017-yil 25-iyuldagi 4-son bayoni qarori bilan Toshkent davlat texnika universitetida 2017-2018 o'quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida masofaviy o'qitish elementlarini qo'llagan holda sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish uchun qabulni amalga oshirishga rozilik bildirilgan.

  Shu sababli Universitet sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish istagini bildirgan fuqarolarni o'qishga taklif etadi. Hujjatlar 2017-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1.  Rektor nomiga ariza;

2. Oliy ma'lumot to'g’risida davlat na’munasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o'rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o'tkazilgan bo'lishi lozim);

3. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

4. №086-U shakl bo'yicha tibbiy ma'lumotnoma;

5. Pasport va harbiy hizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi;

6. Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko'rsatiladi.

 Abiturientlardan hujjatlar Toshkent shahri, Universitet ko'chasi 2-uyda joylashgan Universitetning bosh binosi 204-xonasida qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish vaqti soat 900 dan 1700 gacha. Murojaat uchun telefon: 227-11-59, 246-08-32.

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper