Xalqaro donorlik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

 

2017 yil 14 iyun  kuni Rеspublika Qon Quyish Markazida xalqaro donorlik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni shu markaz direktori R.Sh.Yuldashev ochib berdi va barcha yig'ilganlarni donorlar kuni bilan muborkabod etib, axoli orasida qon donorligini targ'ib qilish va respublikamizda beg'araz donorlik faoliyatini rivojlantirishdagi samarali ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Shundan so'ng, qon quyish markazi rahbariyati tomonidan faol donorlar va qon topshirish bo'yicha targ'ibot ishlaridagi faollarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlanganlar orasida Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti jamoasi ham alohida taqdirlandi. Shundan so'ng bayram dasturxoni yozilib, tadbirning madaniy qismi yig'ilganlarga zavq bag'ishladi.

 

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper