Mustaqil O'zbekiston asoschisi

 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti "MASHINASOZLIK" fakultetida O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning 80 yilligi munosabati bilan "Mustaqil O'zbekiston asoschisi" mavzusiga bagishlangan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Uchrashuvda U.Haitov-"O'zbekiston tarixi" kafedrasi professori, J.E.Safarov -Mashinasozlik fakulteti dekani, N.Begimov -"Nazariy mexanika va mashina mexanizmlari" kafedrasi mudiri, N.Umarova-"O'zbek va rus tillar" kafedrasi mudiri, F.Raximova-"O'zbek va rus tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi, N.Q.Qudratxo'jayeva-"O'zbek va rus tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi,B.I.Ibragimov-Mashinasozlik fakulteti dekan muovini, B.B.Qurbonov-Mashinasozlik fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda Mashinasozlik fakultetining 200 nafar talabalar qatnashishdi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning Birinchi prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to'g'risida qarorni qabul qilinganligi bilan uchrashuv mavzusi ochildi. "O'zbekkino" Milliy agentligi tomonidan Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida xujjatli film yaratilib yurtmizdagi barcha telakanallar orqali namoyish etildi."O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov faoliyati xronika(solnoma), Karimov qalamiga mansub "Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir", "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarlari, shuningdek, "Prezidentga maktublar" kitobi nashr etilib, belgilangan tartibda ta'lim maskanlari, axborot-resurs markazlari, madaniy-ma'rifiy muassasalar va mahallalarga yetkazilishi kabi xabarlar va fikr-mulohazalar uchrashuvda eshitildi. 

Tadbirga tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar tomonidan talaba yoshlarning barcha savollariga dalil hamda misollar bilan to'liq javob berildi. 

 

 

Biz bilan bog'lanish

100095, O'zbekistan, Toshkent,
Universitet ko'chasi 2

Telefon: +998712464600

Faks: +998712271032

Elektron manzil: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper