Печать

 

SPORT MAJMUASI HAQIDA
MA'LUMOT

 

1. Sport Majmuasi Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko'chasi 2-uyda joylashgan bo'lib, 2006 yil sentyabr oyida ishga tushirilgan. Ushbu inshootga Bolalar Sport Majmuasi nomi berilgan. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining sertifikatsiyalash va kompyuterlash Markazi tomonidan 2014 yil 7 noyabrdagi 107-sonli Xayyat Qaroriga asosan majmuaga IV toifa berilgan va amal qilish muddati 2016 yil 7 noyabrgacha belgilangan.


2. Sport Majmuasi yopiq suv havzasi (25x11.5) va sport zali (24x48), 2 ta trenajyor xonasi, 8 ta tualet, 1 ta tibbiy xona, 2 ta inventar saqlash xonalari va boshqa xonalaridan iborat. Shuningdek Sport Majmuasida ochiq sport maydonlari, jumladan, 2 ta basketbol, 2 ta volleybol, 1 ta badminton, 1 ta katta futbol, 2 ta mini futbol, 4 ta yugurish yo'lakchasi va 1 ta uzunlikka sakrash maydonchasi mavjud.



3. Sport Majmuada universitet 1 va 2 bosqich talabalari 8:30-17:40 gacha tasdiqlangan dars jadvali asosida jismoniy madaniyat va sport kafedrasi malakali o'qituvchilari tomonidan dars mashg'ulotlari uzluksiz ravishda olib boriladi.

  

 

SPORT MAJMUASI FAOLIYATI HAQIDA
MA'LUMOT

 

1. Sport Majmuasining quvvati 9 ta sport turi bilan shug'ullanishga mo'ljalllangan bo'lib, hozirda to'garaklar reja asosida tashkil etilib faoliyat yuritmoqda. Ushbu to'garaklarga talabalar va universitet atrofidagi boshqa ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar jalb qilingan. Kelgusida badiy gimnastika, ayollar uchun fitnes to'garaklarini ochish rejalashtirilgan.

2. Universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi bilan birgalikda universitet professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlar hamda talabalarni sog'liqlarini tiklash maqsadida suv havzasiga imtiyozli (bepul) ravishda qatnashishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

3. Sport Majmuasi Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligi, Universitet "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy harakati boshlang'ich tashkiloti, Universitet kasaba uyushmasi va Xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda muntazam turli sport musobaqalari o'tkazib kelinmoqda. Bular "Yozni kamolat bilan", "Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O'zbekiston!", "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!" shiori ostida mavzusidagi musobaqalar shular jumlasidandir.

  

4. Ommaviy sport ishlari bo'yicha yillik reja tasdiqlangan bo'lib, unga quyidagi asosiy tadbirlar kiritilgan: fakultetlararo spartakiadalar; 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni; 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni; Navro'z; Mustaqillik bayramlari va qomusimizga bag'ishlangan sport musobaqalari o'tkazish rejalashtirilgan. Sport Majmuasida "Sog'lom avlod" dasturi asosida "Barkamol avlod" va "Unversiada" sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichlari muntazam o'tkazib kelinmoqda.

5. Sport Majmuasida quyidagi sport to'garaklari faoliyat ko'rsatib turibdi:
1 Futbol
2. Basketbol
3 Volleybol
4. Stol tennisi
5 Suzish
6. Shahmat
7 Shashka
8. Kik-boks
9. Tay-boks
10. SAMBO kurashi

6. Sport Majmuasi Universitet atrofidagi mahallalar bilan yaqindan hamkorlik ishlarini amalga oshirilib kelinmoqda. Shu jumladan, "Mirzo G'olib", "Chimboy" va "Beruniy" mahallalaridan boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar farzandlari Sport Majmuasi suv havzasiga muntazam imtiyozli (bepul) ravishda kelib qatnashishmoqda.

7. Universitet Sport Majmuasidagi darsdan tashqari vaqtlarda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va takomillashtirish maqsadida Sport Majmuasi turli korxonalar bilan pullik xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomalar tuzadi.

  

8. Kelgusida Sport Majmuasi ochiq maydonlar atrofini o'rab, katta futbol maydonini sun'iy qoplamalar bilan qoplab, zamonaviy sport inshoatlari kabi rekonstruktsiya qilish istiqbolli rejalariga kiritgan.Ushbu loyiha asosida universitet o'z hisobiga foyda keltirish maqsadi ko'zda tutilgan. Bunda universitet Sport Majmuasining moddiy-texnik bazasi hozirgi zamon talabiga mos keltrilishi va istiqbolli rejalarida yanada ko'proq tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishga zamin yaratadi.

9. Yil davomida Sport Majmuasi hududida obodonlashtirish ishlari reja asosida olib borilmoqda.

  

 

SPORT MAJMUASIDAN FOYDALANISH TARTIBI HAQIDA
MA'LUMOT

  

 

1. Sport Majmuasida tasdiqlangan dars jadvali asosida belgilangan darslar uzliksiz ravishda olib boriladi.

2. Sport Majmuasi professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari Sport Majmuasidan imtiyozli ravishda foydalanadilar.

3. Talabalar ham darslardan tashqari vaqtlarida Sport Majmuasidagi mavjud sport to'garaklarda imtiyozli ravishda shug'ullanadilar.

4. Darsdan tashqari vaqtlarda yon-atrofdagi ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rnatilgan tartibda, yon-atrofdagi mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta'minlangan oilalar farzandlari imtiyozli (bepul) Sport Majmuasida shug'ullanish imkoniyatiga ega.

5. Sport Majmuasidan professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar foydalanishlari uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

1.1. 086-U tibbiy ma'lumotnoma.

1.2. Teri-tanosil kasalliklari dispanseri va terapevt shifokordan tibbiy ma'lumotnoma.

1.3. 1 ta daftar.

1.4. 2 ta fotosurat (3.5x4.5).

1.5. 2 ta konvert.

1.6. Fuqarolik pasporti nushxasi.

1.7. O'qish yoki ish joyidan ma'lumotnoma. (Professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar uchun)

1.8. Mahalladan yoki turar joyidan ma'lumotnoma.

 

 

 

Eslatma: Majmuada shug'ullanuvchilar o'zlari bilan suzish kiyimlari ham olib kirishlari zarur.

Murojaat uchun telefon: 246-87-91