Ozod va obod Vatanga bag'shida umr

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab «Ozod va obod Vatanga bag’shida umr» va «Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati» mavzularida insholar tanlovi o'tkazildi.

 

Tanlovda TDTU barcha fakultet dekan muovinlari, «Tillar (o'zbek va rus)» kafedrasi professor-o'qituvchilari  hamda 98 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Ayni kunlarda respublikamizda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga bag’ishlab turli tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Shu jumladan, universitetimizda ham ushbu sanaga bag’ishlab insholar tanlovi  o'tkazildi. Kafedra  dotsenti  Qudratxadjayeva N.A. ham so'zga chiqib, insholar tanlovining nizomi, maqsad va vazifalari, tanlov shartlari va baholash mezonlari bilan talabalar tanishtirildi. 

Shundan so'ng juri a'zolari bilan tanishtirildi va insholar tanlovi ochiq deb e'lon qilindi. Tanlov so'ngida g’olib bo'lgan talabalar aniqlandi va ular faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Наши контакты

100095, Узбекистан, г. Ташкент, улица Университетская 2

Телефон: +998712464600

Факс: +998712271032

Электронная почта: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper