Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Toshkent davlat texnika unversitetida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi o’z  ish faoliyatini boshladi.

 

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko’tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo’limi  tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’ining buyrug’iga muvofiq, Toshkent davlat texnika universiteti Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi Nizomi va I-chorak uchun namunaviy Ish rejasi ishlab chiqildi va o’rnatilgan tartibda tasdiqlandi. Universitetda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va universitetdagi o’quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo’yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

TDTU rasmiy web saytida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining sahifasi yaratildi. Ushbu sahifa orqali bo’limning asosiy funksional vazifalari hamda bo’limda faoliyat ko’rsatayotgan hodimlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Bo’lim faoliyati uchun zarur bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasi shakillantirildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat  inspeksiyasining 2018 yil 18-yanvardagi 88-02-361 sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida,  22-yanvar kuni Mexanika fakultetining 1,2,3- auditoriyalarida Mexanika, Mashinasozlik va Muhandislik texnologiyalari fakultetlari hamda 23-24 yanvar kunlari Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakultetining 2,3,4- auditoriyalarida Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi, Elektronika va avtomatika, Energetika fakultetlarining bitiruvchi guruh talabalaridan muttaxassislik fanlari bo’yicha  yozma ish olindi va ekspert mutaxasislar tomonidan baholandi. 

TDTU rektorining 27.01.2018 yildagi 01/9-05-71 sonli buyrug’iga asosan universitet kafedralar faoliyatini kompleks o’rganish maqsadida ichki ekspertlarni jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilib, barcha kafedralarning o’quv-uslubi, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek tegishli tarkibiy tuzilmalarning yillik ish rejalari bo’yicha amalga oshirgan ishlari hamda me’yoriy hujjatlari o’rganib chiqildi.

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’z taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin. E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Наши контакты

100095, Узбекистан, г. Ташкент, улица Университетская 2

Телефон: +998712464600

Факс: +998712271032

Электронная почта: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper