Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida "Talaba yoshlar tarbiyasi-porloq kelajak mevasi" mavzusi asosida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Tadbirda Respublika "Nuroniy" jamg`armasi raisi o'rinbosari, t.f.n., doc. M. Yunushodjaeva, Respublika "Nuroniy " jamg`armasi raisi o'rinbosari doc. M.Muhitdinova, Respublika "Nuroniy" jamg`armasi faoli M.Latipova, TDTU Ma'naviyati va ma'rifat bo'limi boshlig`i M.Atamurotov, Hotin qizlar qo'mitasi raisi T. Muhtorova, "Olima" ayollar uyushmasi rahbari G.Rahmonova, "Murabbiylar kengashi" raisi doc., M. R.Isaevalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.


Tadbirda Respublika "Nuroniy" jamg`armasi raisi o'rinbosari, t.f.n., doc. M. Yunushodjaeva yoshlar tarbiyasida nuroniy keksalarning o'rni mavzuida hamda o'zbek halqining ulug` mutafakkirlari qutlug` merosidan butun yoshlarimizning muntazam va to'laqonli bahramand bo'lishiga, ularning mana shunday ma'naviyat muhitida kamol topishiga sharoit yaratish, o'zbek halqining boy tarihi, ilmiy-falsafiy, madaniy va ahloqiy merosiga, jumladan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ion Sino, Muhammad al-Horazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, qolaversa, har birining nomi tarix zarvaraqlariga abadiy muhrlangan samarqandiylar, buxoriylar, nasafiylar, horazmiylar, termiziylar, ho'jandiylar, shoshiylar, farg`oniylar, turkistoniylar, Marg`inoniylar kabi ajdodlarimiz faoliyati va erishgan yutuqlari haqida yoshlarga keng va atroflicha tushunchalar berib o'tdi.
Universitet Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig`i M.Atamurotov o'z ma'ruzasida biz halqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shuxbasiz, beqiyos ahmiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z qoliga, o'zibo'larchilikka tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g`rilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarihiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin deb yakunladi.
Talaba yoshlar hayotida sog`lom turmush tarzi va sportning o'rni mazusida Respublika “Nuroniy” jamg`armasi faoli Mavluda Latipova sport olamidagi har qanday yutuq o'z-o'zidan kelmaydi. Sport maydonlarida erishiladigan yutuqlar - avvalo shu yo'lda tinimsiz intilib, kurashib yashaydigan insonning yutug`i, ayni vaqtda shu insonni tarbiyalab voyaga etkazgan jamiyatning yutug`idir.Men ishonaman - bugun butunlay yangicha sharoitlarda o'sib, kamol topayotgan bizning bolalarimiz, qizlarimiz bundan ham katta yutuqlarni qo'lga kiritishga albatta qodir. Shuning uchun ham bunday iste'dodli, navqiron farzandlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz, ularning salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz kerak deya ta'kidlab o'tdi.
Talaba yoshlar tarbiyasida internet, axborot kommunikatsion texnologiyalarining o'rni mavzusida universitetning “Olima” ayollar uyushmasi

 rahbari G.Raxmonova, atroflicha

tushuncha berib o'tdi.

 

Наши контакты

100095, Узбекистан, г. Ташкент, улица Университетская 2

Телефон: +998712464600

Факс: +998712271032

Электронная почта: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper