“Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan ma’rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida

 

O‘zbekiston  Yaponiya  yoshlar                                              25.10.2017yil

 innovatsion markazi                                                              soat 11:00 da

 

 

Qatnashdilar:

N.Raxmonov         -      Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy va axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

M.Tolipov             -      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi

A.Alimov               -      Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

M.Atamuratov       -      Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

 

         Barcha fakultet dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari va 200 nafar talaba-yoshlar.

 

         Tadbirda barcha ishtirokchilarga “Qiyomatga qolgan qarz” nomli videofilm namoyish etildi. Aqidaparastlik, ekstremizm, terrorchilik jirkanch qiyofasini turli ko‘rinishlarda namoyon qilib, qonunga xilof xatti harakati bilan jamiyatdagi barqaror holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan yod kuchlar haqidagi ushbu film yoshlarda katta taassurot qoldirdi va barchani ogohlikka chorladi.

            Videofilm namoyishidan so‘ng M.Atamuratov barchani tadbir mehmonlari bilan tanishtirib o‘tdi. U o‘z so‘zida yoshlar o‘rtasida to‘g‘ri yashash  tamoyillarini qaror toptirish, ularni ekstremizm, ahloqsizlik, turli axborot hurujlaridan muhofaza qilish barcha huquq-tartibot idoralari singari shu yurtda yashayotgan har bir insonning burchi ekanligini gapirib o‘tdi.

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Atamuratov so‘z navbatini M.Tolipovga  berdi. M.Tolipovga  o‘z nutqida bugun dunyo maydonlaridagi mintaqalar va hududlarni mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar turli yo‘llar bilan amalga oshirilayotganini, o‘zini do‘st, millatdosh, vatandosh qilib ko‘rsatayotgan johillar g‘araz niyatlari yo‘lida hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarni, irodasiz kishilarni, soddadil xotin-qizlarni yo‘ldan urishga harakat qilishayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, mamlakatimizda osoyishtalik va xotirjamlikni ardoqlab, fuqarolar, ayniqsa yoshlar ilmli, ma’rifatli bo‘lib, ilm-fan yo‘lida erkin ijod qilishlari, faqat yaxshilik sari intilishlari kerakligini, bular esa o‘z navbatida, chetdan kirib keladigan turli ekstremistik markazlar, aqidaparastlarning da’vatlari, “ommaviy madaniyat” illatlarining zararli ta’sirlari, tahdidlari, turli ma’naviy tajovuzlar o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasligini ta’minlashini aytib o‘z so‘zini yakunladi.

 Tadbirda keyingi so‘z navbati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy va axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Norim Razzoqovichga berildi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda hukm surayotgan barqaror tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, bu borada davlatimiz rahbarining mintaqada va yer yuzida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’yi-harakatlari, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmni oldini olish, ommaviy madaniyat va axborot hurujlarining salbiy oqibatlari, yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Atamuratov so‘z navbatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Ma’mur Tolipovga berdi. M.Tolipov o‘z nutqida diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari, jamiyat hayotiga xavf solishi hech kimga sir emasligini, uning maqsadi kishilarni dinning asl mohiyatidan chalg‘itib, ular ongida dinni keskin va mutaassiblikka xos harakatlardan iborat qilib shakllantirib, xalqda tuzumga nisbatan norozilik,  amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘sqinlik qilish kabi yomon illatlarni targ‘ib qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ma’ruzasi davomida diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlik, terrorizmni bugun but  un dunyo xalqlari qoralashini, chunki, ularning asl maqsadi diniy va insoniy me’yorlar, umuminsoniy qadriyatlar va axloqiy fazlatlarga qarshi qaratilganligini, terrorizm — din, millat, chegara bilmasligini hamda hayotda yashashdan maqsadi bo‘lmagan, insoniy his-tuyg‘ularini yo‘qotganlar ana shunday qabih ishlarga qo‘l urishlarini gapirib o‘tdi.

            Shundan so‘ng tadbirga tashrif buyurgan soha mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlarning barcha savollariga dalil hamda misollar yordamida to‘liq javob berildi.

M.Atamuratov barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirgan holda tadbirni yakunladi.

 

Наши контакты

100095, Узбекистан, г. Ташкент, улица Университетская 2

Телефон: +998712464600

Факс: +998712271032

Электронная почта: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper