Print

13.10.2016. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi hamda Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vakillari bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida talaba-yoshlari o'rtasida Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Kompyuter texnologiyalari» akademik litseyi majlislar zalida "Giyohvandlik moddasi va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Ushbu tadbirda Universitet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Alimov, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi mas'ul xodimi S.Jabbarov, Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vrach-narkologi N.Abdaliyeva, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Ma'naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Rahmonov, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari barcha fakultet dekan muovinlari, ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedra mudirlari, "Kamolot" YOIH BT Kengashi a'zolari va o'qituvchi-xodimlar hamda 300 nafar talaba-yoshlar qatnashdilar. 

 

 

O'tkazilgan tadbirda so'zga chiquvchilar talaba-yoshlarga hozirgi yoshlar ongini zaharlashga, ularni salbiy illatlarga moyilliklarini oshirishga intiluvchi g'araz maqsadli kishilar ham oramizda yo'q emasligi, biz ularning yovuz harakatlariga qarshi faqatgina ma'naviyatimizni yuksaltirish orqali kurashishimiz hamda bugungi kunda dunyo miqyosida tobora dolzarb muammo bo'lib borayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan harakatlar, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, giyohvandlikning kelib chiqishi, giyohvandlik girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o'zgarishlar naslga, sog’liqqa, ong va tafakkuriga ta'siri haqida batafsil tushunchalar berildi.

 

 

Tadbir davomida talaba-yoshlar diqqatiga "Zulmatga yo'l" nomli videofilm namoyish etildi.

 

 

Tadbir so'ngida universitet talaba-yoshlaridan bir guruhi o'tkazilgan tadbirdan olgan ta'surotlarini va bu kabi tadbirlar yoshlar orasida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida o'z fikrlarini hamda tadbir tashkilotchilariga minnatdorchiliklarini bildirdilar.