Print

13.10.2016. 2016 yil 10 oktyabrdan 2016 yil 16 oktyabrga qadar "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimiyati, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorligida "Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli talabalar turar joylarida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish va ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda”gi tadbirlar rejasiga muvofiq tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazida "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimiyati, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi bilan hamkorlikda universitetga qarashli 63,71-talaba-qizlar turar joylari talaba-qizlari bilan «Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik - taraqqiyot kafolati» mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. O'tkazilgan tadbirda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi xodimlari, "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov, "Yoshlik" talabalar shaharchasi IIB boshlig’i SH.Mirzajonov, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Alimov, universitet murabbiylar kengashi raisasi M.Isayeva, Xotin-qizlar qo'mitasi BT raisi T.Muxtorova, Talabalar turar joylari direksiyasi direktori A.Aliqulov,TTJ bino boshlig’i, TTJ kengash raisi, TTJ qavat sardorlari hamda 180 nafar talaba-qizlar qatnashdilar.

 

 

Tadbirda talaba-yoshlarga ajdodlarimizdan bizgacha meros bo'lib kelayotgan umum milliy e'tiqodlar, qadriyatlar xususida so'z yuritilar ekan, shu qatorda universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar "Yoshlik" talabalar shaharchasida joylashgan talabalar turar joylarida isqomat qilar ekan har bir talaba o'zi yashab turgan joyini asrab avaylash lozimligi hamda shaharchada o'rnatilgan tartib intizomlarga rioya qilgan holda toza-ozoda saqlash, shu bilan birga barcha bir-biriga hurmat extirom bilan ahillikda yashamog’i lozimligi ta'kidlab o'tildi. Bundan tashqari tadbirda so'z olgan talabalar shaharchasining hayoti, unda amalga oshiriladigan tadbirlar, hasharlar hamda shaharchaning tarixini so'zlash bilan birgalikda, doimo ogoh bo'lib, har xil yot g’oyalar ta'siriga tushib qolmasdan tanlangan yo'ldan adashmasdan a'lo baholarga o'qib ota-onangiz oldiga yorug’ yuz bilan yurtimiz ravnaqiga xissa qo'shadigan yetuk kadr bo'lib borish zarur deya ta'kidlab o'tdilar.