|   |  Site map  | Personal area |  Moodle | Elektron dekanat | E-mail |

Русский языкO'zbek tiliEnglish language
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider
Print

05.09.2016.

 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 3 sentyabrdagi 87-03-2613-sonli topshirig'iga muvofiq 2016 yil 5 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari" Toshkent davlat texnika universiteti barcha fakultet talaba-yoshlari o'rtasida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi taqdim etgan O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darsi" na'munaviy matnidan va "Ertangi kun bizniki, Marra bizniki" nomli videofilmdan keng foydalangan holda o'tkazildi.

 

O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari"da Favqulodda vaziyatlar vaziri Xudayberganov Tursinxan Aydarovich qatnashdi.


 

Favqulodda vaziyatlar vaziri Xudayberganov Tursinxan Aydarovich O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darsi" davomida talaba-yoshlarga Yurtboshimizning mustaqillikka qadam qo'yishimizda va erishilgan yutuqlarimizda bosh qosh bo'lib, olib borgan ishlari to'g'risida va mustaqillik yillarida qo'lga kiritilgan yutuqlarimiz, bu yutuqlarimiz ortida qandayin mashaqqatli yo'l bosib o'tilganligi hamda vatanimizning bugungi kun holatiga kelguncha O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning matonat bilan bosib o'tgan hayot yo'li va olib borgan ishlari haqida o'zining ma'ruzasi va taqdimoti orqali batafsil tushuntirib o'tdi.

Darhaqiqat bugungi kunda mustaqilligimizni, tinchligimizni asrab-avaylash, mamlakatimizni bundanda yuksaklarga olib chiqish hamda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holatda o'qib-o'rganib, vatanimiz ravnaqiga xissa qo'shish har birimizning burchimiz deya alohida ta'kidlab o'tdi.