Print

  Hurmatli Islom Abdug'aniyevich! Biz yoshlar 25 yildan buyon tinch va osuda hayotda dunyodagi eng ko'rkam mamlakatda farovon hayot kechirmoqdamiz. Bu bizning dunyodagi eng baxtli yoshlardan ekanimizni anglatadi. Yurtimizda yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Buning isboti esa Toshkent davlat texnika universiteti talabasi ekanligimizdadur. Sizdek samimiy yurtboshimiz borligidan faxrlanamiz va buni qalbimizda g'urur bilan e'tirof etishdan xech ham charchamaymiz. Sizning har bir so'zlaringizni qalbimizning tub-tubida saqlaymiz va bu so'zlarni katta hayotga qadam qo'yishimiz oldidan bir bor eslab o'zimizga ruhiy dalda sifatida foydalanamiz. 

  Vatanimiz kelajagi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz. Siz yaratgan "Mustaqillik" davlatni abadiy asraymiz. Biz hech qachon izlanishdan, bilim olishdan, Yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishdan charchamaymiz.

Bo'sh kelmaymiz, Bobojon, davr bizniki marra bizniki!

Biz prezidentimiz bildirgan yuksak ishonchga munosib bo'lishga, vatanimiz taraqqiyoti yo'lida fidokorona mexnat qilishga va'da beramiz.

Toshkent davlat texnika universiteti yoshlari!