|   |  Site map  | Personal area |  Moodle | Elektron dekanat | E-mail |

Русский языкO'zbek tiliEnglish language
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider
Print

  O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari" Toshkent davlat texnika universiteti barcha fakultet talaba-yoshlari o'rtasida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi taqdim etgan O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darsi" na'munaviy matnidan va "Ertangi kun bizniki, Marra bizniki" nomli videofilmdan keng foydalangan holda o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari"ida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Shuxrat medali sohibasi Mariam Ixtiyorova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Sharipa Salimova hamda O'zbek teatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi yosh aktyori, Shuhrat medali sohibi Rasulxon Qodirxonovlar qatnashdilar.

 

O'tkazilgan tadbir O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari" va "Mustaqillik darslari" davomida Yurtboshimizning mustaqillikka qadam quyishimizda va erishilgan yutuqlarimizda bosh qosh bo'lib, olib borgan ishlari to'g'risida va mustaqillik yillarida qo'lga kiritilgan yutuqlarimiz, bu yutuqlarimiz ortida qandayin mashshaqqatli yo'l bosib o'tilganligi hamda mustaqilligimizni, tinchligimizni asrab-avaylab, mamlakatimizni bundanda yuksaklarga olib chiqish lozimligi talaba-yoshlarga tushuntirib o'tildi. Tadbir davomida talaba-yoshlarimizga O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Ertangi kun bizniki, Marra bizniki" nomli videofilm namoyish etildi.