Print

29.08.2016.


Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 18 avgustdagi 87-03-2447-sonli topshirig'i ijrosi yuzasidan "Istiqilol yillari"da xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan xarbiylar honadonlariga Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati nomidan tashrif to'g'risida ma'lumot.

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami munosabati bilan universitet rahbariyati nomidan Xotin-qizlar qo'mitasi raisi T.Muxtorova, Kasaba uyushmasi qo'mitasi mutaxassisi X.Mirxamidova va Ta'limning texnik vositalar bo'limi muhandisi SH.Sapayevalar 2016 yil 29 avgust kuni soat 11:00da "Istiqilol yillari"da hizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan kapitan Vasiliev Ravil Rashidovichning oilasi holidan xabar oldilar hamda oila a'zolarini bayram bilan muborakbod etib, qimmatbaho sovg'alar ulashdilar.