Print

23.12.2016. "O'zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar Dasturi"ning ijrosi, 2016 yilda diniy vaziyatni yanada

sog'lomlashtirish, konfessiya va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga oid chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalar hamda 2016 yil "Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturining ijrosini ta'minlash maqsadida "MUHANDISLIK TIZIMLARI" fakultetiga qarashli 57-talabalar turar joyida «ZAKOVAT» intellektual o'yini o'tkazildi.

Tadbirda «Muhandislik tizimlari» fakulteti dekan muovini Yuldoshev Sobir Fayzullayevich, fakultet "Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish" kafedrasi katta o'qituvchisi Matyakubov Nurbek Rustamovich, "Aeronavigatsiya tizimlari" kafedrasi katta o'qituvchisi  D.A.Islamov, 57-talabalar turar joyi bino boshlig'i Nabiyeva Rayhon Uzoqovna, fakultet «Kamolot» YOIH BT a'zolari hamda 75 nafar 57-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

  

 

Intellektual o'yinda jamoalarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan savollar ketma-ketlik tartibida berildi va shu tartibda jamoalarga 12 ta savollar berildi, eng ko'p savolga javob topgan jamoa deb 9-qavatning «AJOYIB» jamoasi deb topildi.

  

1-o'rin 9-qavatning «AJOYIB» jamoasi
2-o'rin 5-qavatning «TJA» jamosi
3-o'rin 8-qavatning «BILIMDON EKIPAJLAR» jamoasi