Print

23.12.2016. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi 07-07/1-76-sonli bayoni bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini

amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi"ning 59-bandi, Toshkent shahar hokimining 2015 yil 30 dekabrdagi Toshkent shahrida "Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi" ning 50-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida universitet Kasaba uyushmasi homiyligida, universitet "Kamolot" YoIH tashabbusi bilan universitetimiz talaba-yoshlari o’rtasida "Universitet kubogi" sportning mini-futbol musobaqasining yakuniy fakultetlararo bosqichi o’tkazildi.

Musobaqadan asosiy ko’zlangan maqsad talabalar o’rtasida sportning futbol turiga qiziqishni oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga doimiy jalb qilish va ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakillantirish, kuchli va iqtidorli sportchilarni tanlab olish, universitet terma jamoasini shakillantirish edi. Musobaqada universitetimizning barcha fakultetlaridan talaba-yoshlar faol qatnashishdi. Ushbu musobaqaning fakultetlararo bosqichi 350 nafar talaba-yoshlarni qamrab oldi.

 

Musobaqa g’oliblari:

1-o’rin Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti talabalari.
2-o’rin Energetika fakulteti talabalari.
3-o’rin Mashinasozlik texnologiyalari fakulteti talabalari.

 

 

Musobaqa so’ngida g’oliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar fahriy yorliq hamda "Eng yahshi hujumchi", "Eng yahshi himoyachi", "Eng yahshi darvozabon" kabi nominatsiyalar bo’yicha diplom bilan taqdirlandilar.