Print

15.12.2016. O'zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturining ijrosi, 2016 yilda diniy vaziyatni yanada

sog'lomlashtirish, konfessiya va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga oid chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida «Muhandislik tizimlari» fakultetida  tahsil olayotgan 1-kurs talaba-yoshlar bilan "Jinoyat va jazo" nomli tarbiyaviy tadbir o'tkazildi.

Tadbir "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimi Q.R.Shonazarov, «Yoshlik» talabalar shaharchasi IIB boshlig'i Sh.Mirzajonov, Universitet ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektor Alimov Anvar Akbarovich «Muhandislik tizimlari» fakulteti dekani E.B.Xoltursunov, «Muhandislik tizimlari» fakulteti dekan muovini S.Yuldoshev, hamda 120 nafar 1-kurs talaba-yoshlari ishtirok etdilar.