Print

Toshkent davlat texnika universiteti "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilot Kengash a’zosi M.Babayev Universitet nomidan Navoiy viloyatining 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun "Biz buyuk yurt farzandlari" shiori ostida hamda qomusimiz 24 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.

 

Joriy yilining 1-dekabridan 5-dekabrigacha bo’lgan qisqa ta’til davrida, universitet talaba yoshlari, o’z viloyatlarida ta’til vaqtini mazmunli va maroqli o’tkazish, shuning bilan birgalikda savob ulashish maqsadida mehribonlik uylariga tashrif buyurishdi. Qatnashuvchilar tomonidan qo’yilgan kuy qo’shiqlar,qalbi kemtik dillarga olam-olam zavq bag’ishladi.

 

 

Albatta, bu maskanda tarbiya topayotgan jajji o’g’il qizlar "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti tomonidan mehr va e’tibordan chetda qolmadi va ularga sovg’a salomlar ulashildi.