Print

26.11.2016. Universitetimiz "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faollari bilan talabalarning bo’sh vaqtlarini ko’ngilli tashkil etish, ularni umrining har bir daqiqasidan unumli foydalana olishga o’rgatish hamda mehr-etiborga muhtoj bolajonlarni baxtli kelajagiga ishonch, doim sa’y-harakatda bo’lishlari, ezgulikka intilishlarini, hayotdan yahshiliklar qidirib yashashga da’vat qilish  maqsadida Yashnabod tumanida joylashgan 30-sonli Mehribonlik uyida xayriya tadbiri o’tkazildilar.

 

Tadbir ko’tarinki ruhda tashkillashtirildi. Universitetimiz talabalari bolalar bilan ular istagan mavzuda ochiq muloqot, samimiy suhbat olib bordilar. Bolajonlar bilan turli xil aqliy savol-javob shaklida tanlovlar o’tkazildi shuningdek kuy-qo’shiq hamohangligida barcha bolalar va o’spirinlar yayrab raqsga tushdilar. 

 

 Tadbir so’ngida talaba-yoshlar tamonida olib kelingan esdalik sovg’alari bolajonlarga berildi. Universitetimiz yoshlari “Mehribonlik” uyi bilan tanishib, yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berdilar. Yurtimizda ijtimoiy himoya ustuvor vazifalardan biri ekaniga yana bir bor amin bo’ldilar.