Print

26.11.2016. Muddatli harbiy xizmatni o'tagan talabalarga 35 foizli moddiy yordam ko'rsatish qoidalariga o'zgartirish kiritildi. Universitetda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab to'lov-kontrakt shakli asosida o'qishga qabul qilingan talaba-yoshlar o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi.

 

 

Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 26-sentabrdagi 73, 4-2016-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta'lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish Qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to’g’risida universitetda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talaba yoshlar o’rtasida keng muhokama qilindi.

 

Mazkur suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ–213-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibiga qo’shimch va o’zgartirishlar kiritilganligi aytib o’tildi.

 

Bunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar joriy o‘qish yilida Harakatning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Harakat tomonidan moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishning yangi tartibiga ko‘ra har yili 1-fevraldan kechikmay oliy ta’lim muassasasi Harakatning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning ro‘yxatini, shuningdek ularning o‘zlashtirishi va intizomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.

 

Talabalar esa 20-fevraldan kechikmay Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga Harakat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladilar. 1- martdan 5-martga qadar bo‘lgan muddatda Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda mazkur Qoidalarda belgilangan ko‘rsatkichlar asosida Harakat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatish uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Talabaning o‘rganilayotgan davrdagi o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 va undan yuqori foiz bo‘lishi lozim. Bunda talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrdagi o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yig‘indisini o‘tilgan har bir semestrdagi o‘quv fanlarning umumiy soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.   Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashining moddiy yordam ko‘rsatish uchun talabalarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori joriy o‘quv yili mobaynida haqiqiy hisoblanadi.