Print

24.11.2016. Toshkent davlat texnika universitetining Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakultetida "O'zbekiston tarixi" kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan saylov kuniga bag'ishlangan "Mening ovozim-Vatanim kelajagi" mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.

 

2016 yilda 18 yoshga to'lgan va ovoz berish huquqini qo'lga kiritgan fuqarolarimizning imkoniyatlari borasida, ko'zi ojiz va gapirish imkoniyatiga ega bo'lmagan insonlarga yaratilgan sharoitlar va huquqlari borasida, hamda jahon davlatlari tomonidan saylov jarayonini kuzatishga kelgan ekspert - kuzatuv guruhining tashrifi, vazifalari va ahamiyati borasida ham juda mazmunli ma'lumotlar berilib,  bu jarayonda ishtirokchilarga faol bo'lishlari vatanni kelajagiga befarq bo'lmasliklari va  saylovda o'zlari ishtirok etishlari katta ahamiyatga ega ekanligi gapirib o'tildi.