Print

22.11.2016. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 748-sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish jarayonida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi tadbirlar zalida Toshkent davlat texnika universiteti, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi bilan hamkorligida "Saylov - demokratiya ko'zgusi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.


Ushbu tadbirda universitet ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti dekani muovini J.Tursunov, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekani muovini S.Umarov, "O'zbekiston tarixi" kafedrasi mudiri prof. R.E. Xoliqova, "O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchilari M.R.Saydaliyeva, S.Gaibnazarova, R.Toshmurodov va assisten N.Vaisova hamda 150 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdilar.