Print

17.11.2016. Toshkent davlat texnika universiteti, "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimligi, "Yoshlik" talabalar shaharchasi Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorligida talabalar turar joylarida "Xavfsizlikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

 

Tadbirda "Yoshlik" talabalar shaharchasi ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Sh.Mirzajonov, Universitet Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Atamuratov, TTJ direksiyasi direktori A.Aliqulov, "Yoshlik" talabalar shaharchasi "Kamolot" YOIH tashkiloti yetakchisi Z.Sa'dullayev, 55-TTJ talabalar kengashi raisi 55-TTJ binosi boshlig'i M.Samigova va 60 nafar talaba-yoshlar qatnashdilar.