Print

17.11.2016. Olmazor tuman "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimiyati, "Yoshlik" talabalar shaharchasi Ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorlikda talaba-yoshlarning ta'lim-tarbiya va huquqiy madaniyatlarini yanada yuksaltirish maqsadida " "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimining talaba-yoshlar bilan uchrashuvi " mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov, "Yoshlik" talabalar shaharchasi IIB boshlig'i  SH.Mirzajonov, universitet Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Alimov, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Atamuratov, "Yoshlik" talabalar shaharchasi "Kamolot" raisi Z.Sa'dullayev, universitet Xotin-qizlar qo'mitasi BT raisi T.Muxtorova, Murabbiylar kengashi raisi M.Isayeva hamda 180 nafar talaba-yoshlar qatnashdilar.