Print

09.11.2016. Toshkent davlat texnika universitetining Enegetika, Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi hamda Mashinasozlik texnologiyalari  fakultetlarida "Vatanimiz kelajagiga ovoz beramiz" va "Fuqarolarning saylov huquqlari va uning xususiyatlari" mavzularida davra suhbatlari bo'lib o'tdi.

 

 

Tadbirda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida xalqaro demokratik talabalarga to'la javob beradigan milliy saylov tizimi yaratilganligi, siyosiy partiyalar o'rtasida sog'lom raqobat shakllantirilganligi, fuqarolarning o'z xoxish irodasini erkin ifodalash uchun barcha sharoitlar yaratilganligi haqida gapirildi. Joriy yilining 4 dekabrida o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tishi, bunga O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan S.S.Otamurodov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O'zLIDЕP dan Sh.M.Mirziyoyev, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan H.Ketmonov, O'zbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasidan N.M.Umarov nomzodlari tavsiya etilgani haqida to'xtalib o'tildi.