Print

28.10.2016. Toshkent davlat texnika universitetida "Kecha kim edigu, bugun kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?" shiori ostida "O'zbekiston - kecha va bugun" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

 

Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, dotsent A.Meliboyev, O'zMU o'qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent D.Fayzixo'jayeva, O'zbekiston xalq artisti, kinoaktrisa M.Ibrohimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbekiston davlat satira teatri aktrisasi G.Abdullayeva, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist A.Mullaxonov, ToshDTU ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.A.Alimov, Murabbiylar kengashi raisi M.Isayeva, "O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchisi M.Saydaliyeva, fakultet dekan muovini, xotin-qizlar uyushmasi raisi, guruh murabbiylari va 200 nafar talaba-yoshlar qatnashdilar.

  

Tadbirda so'zga chiqqanlar istiqlol yillarida O'zbekiston o'z oldiga mustaqil milliy davlat qurish, eski tuzumdan tamoman voz kechib, yangi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat barpo etishdek ikki muhim vazifani qo'yganligi, mustaqillikka erishilgandan keyingi 25 yil ichida ana shu vazifalarni bajarish yo'lida juda ko'plab islohotlar amalga oshirilganligi, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin yangi tarixiy sharoitlarda, o'zgarayotgan jamiyatga munosib, har tomonlama yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash dolzarb vazifalardan etib belgilanganligi haqida gapirdilar.