Print

25.10.2016. Toshkent davlat texnika universitetida Davlat tili qonuni qabul qilingan kunning 27 yilligi bag'ishalab "Tariximsan, taqdirimsan, Ona tilimsan" mavzusida tadbir o'nkazildi.

Tadbirda "Tillar (o‘zbek va rus)" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot" YIH, Xalqaro informatizatsiya akademiyasining akademigi, f.f.d., prof. Karimov B.R., f.f.n., dots. H.Yuldasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Yarasheva hamda  talabalar-60 nafar qatnashdilar.

    

 

Tadbirni ToshDTU Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Otamurodov ochdi. Xalqaro informatizatsiya akademiyasi-ning akademigi, f.f.d., prof. Karimov B.R. "Globallashuv va information sivilizatsiya shakllanishi jarayonida o‘zbek tili rivoji masalalari" mavzusida ma’ruza qildi. O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist R. Yarasheva "Ona suti bilan kirding yurakka" mavzusida ma’ruza qildi. "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning til taraqqiyotidagi ahamiyati haqida f.f.n., dots. H.Yuldasheva  ma’ruza qildi.

 

Tadbir dasturiga ko‘ra talabalar chiqishi namoyish etildi. Unda til haqidagi maqollar, turli millatlar tabrigi, she’rlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi."Tillar (o‘zbek va rus)" kafedrasi mudiri dots. N.Z.Umarova o‘zining yakuniy so‘zida tadbirga yuqori baho berdi. Tadbirda faol qatnashgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.