|   |  Site map  | Personal area |  Moodle | Elektron dekanat | E-mail |

Русский языкO'zbek tiliEnglish language
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider
Print

Hostels University

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga

qarashli talabalar turar joylari haqida

MA`LUMOT

Universitet bo`yicha jami 9 ta talabalar turar joyi mavjud bo`lib, 1869 nafar talabalar istiqomat qiladilar. Har bir talablar turar joyi alohida fakultetlarga biriktirilgan.

Jumladan:

1. «Neft va gaz» fakultetiga 57-talabalar turar joyi biriktirilgan;
  
  
  

2. «Mexanika va mashinasozlik» fakultetiga 56-talabalar turar joyi biriktirilgan;
  
  
  
  
  

3. «Neft va gaz» fakulteti hamda  «Mexanika va mashinasozlik» fakultetlariga talabalar soni ko`p bo`lganligi sababli qo`shimcha 55-talabalar turar joyi ham ajratilgan;
  
  
  

4. «Elektronika va avtomatika» fakultetiga ikkita 68-69-talabalar turar joyi biriktirilgan;
   
  
  
  
 

5. Universitet bo`yicha tahsil olayotgan barcha talaba-qizlar uchun alohida bitta 71-talaba-qizlar turar joyi ajratilgan;
  
  
  
  

6. «Energetika» fakultetiga 72(a)-talabalar turar joyi biriktirilgan;
  
  
 

7. «Geologiya va konchilik ishi» fakultetiga 72(b)-talabalar turar joyi biriktirilgan;
  
  
  

8. «Aviatsiya» va «Sanoat tarmoqlarini boshqarish» fakultetlariga 63-talabalar turar joyi ajratilgan.
  
  

Hozirda talabalar turar joylarida talabalar yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Har bir talabalar turar joylarida ma`naviyat va ma`rifat xonalari mavjud. Axborot resurs markazi 72 (b) - talabalar turar joyida joylashgan.

Shu jumladan, talabalarning ham aqlan ham jismonan sog`lom bo`lishlari uchun talabalar turar joylarida sport xonalari mavjud bo`lib, talabalarning sport bilan shug`ullanishlariga barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Har bir talabalar turar joylarining ma`naviyat va ma`rifat xonalari Davlat ramzlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Кarimovning asarlari va badiiy kitoblar hamda respublikada nashr эtilayotgan gazeta va jurnallar bilan boyitilgan. Shuningdek, ma`naviyat va ma`rifat xonalari kompyuter jamlanmasi bilan ta`minlangan;

Barcha talabalar turar joylarida talabalar bilan kafedra haftaliklari va ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar muntazam olib boriladi. Bundan tashqari navbatchi-o`qituvchi talabalar turar joylariga belgilangan vaqtda kelib, qavatlardagi talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni, umumiy foydalanish xonalari (oshxona, dushxona, xojatxona)ning sanitariya-gigiena holatini o`rganib, talaba-yoshlar bilan kunning dolzarb masalalariga bag`ishlangan suhbatlar o`tkazadi.

Shuningdek, muntazam ravishda talabalar turar joylarida ma`naviyat va ma`rifat boshlig`i, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda prorektorlarning tashriflari asosida davra suhbatlari o`tkazilib boriladi.