Print

Magistratura to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i

Magistratura to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 51-son, 581-modda)
[O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 18 dekabrda ro'yxatdan o'tkazildi, ro'yxat raqami 2405]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi Farmoniga (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 37-38-son, 384-modda) muvofiq buyuraman:

1. Magistratura to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin:
O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2007 yil 29 dekabrdagi 269-son «Magistratura to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug'i (ro'yxat raqami 1765, 2008 yil 4 fevral) (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2008 y., 6-7-son 28-modda);
O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2010 yil 22 sentyabrdagi 363-son «Magistratura to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish haqida»gi buyrug'i (ro'yxat raqami 1765-1, 2010 yil 30 sentyabr) (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 y., 40-41-son, 347-modda).

3. Mazkur buyruq O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab o'n kun o'tgandan keyin kuchga kiradi.

Vazir B. XODIEV
Toshkent sh.,
2012 yil 29 oktyabr,
418-son
Manba: lex.uz