Print

«Innovatsiya-2015» Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

Respublikamiz Prezidenti tomonidan taqdim etilgan strategik muhim masala - mamlakatda innovatsion rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish, sanoatchilar, olimlar, tadbirkorlar hamkorliklarini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash maqsadida 2015 yil 23-24 oktyabr kunlari ToshDTUda an'anaviy «Innovatsiya-2015» XX-xalqaro Ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.
Anjuman ta'sischilari:

Tarmoqlararo Strategik Innovatsiya va Informatizatsiya Markazi, Xalqaro Oliy maktab fanlar Akademiyasining O'zbekistondagi bo'limi, Navoiy kon-metallurgiya Kombinati, Toshkent Davlat Texnika Universiteti.