Print

"MULTIMЕDIYA, AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA ILOVALARI - MITA - 2015" XI XALQARO ANJUMANI.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-sonli qaroriga ko'ra 2015 yilning 30 iyunidan 2 iyuliga qadar Toshkent davlat texnika universitetida "Multimediya, axborot texnologiyalari va ilovalari - MITA - 2015" mavzusidagi XI xalqaro anjuman o'tkazildi.

 

 

Anjumanning maqsadi multimediya, axborot texnologiyalari va ilovalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muammolarini muhokama qilishdan iborat.
Anjuman ta'sischilari: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Janubiy Koreya Multimediya jamiyati, Pikyong Milliy Universiteti (J.Koreya), Dongguk Universiteti (J.Koreya), Ulsan Universiteti(J.Koreya).
Anjuman dasturi va ilmiy ishlari to'plami nashr etildi. "MITA - 2015" anjumani to'plamiga Janubiy Koreya, O'zbekiston, AQSH, Italiya, Yaponiya, Norvegiya, Xitoy, Rossiya, Mongoliya, Ukraina va Ozarbayjonlik yetakchi olim va mutaxassislarning 140 ta ilmiy maqolalari kiritilgan.

 

"MITA - 2015" davlat boshqaruvini takomillashtirishda va jamiyatni demokratlashtirishda multimediya tizimlarining rivoji yuzasidan tajriba almashinuviga yo'naltirilgan.